O‘lkamizda boshlangan qorilar musobaqasi xalqimizga intiqlik bilan kutilgan quvonchu shodliklarni olib keldi.
Qorilarimiz orasidagi mutlaq g‘oliblarni taqdirlash va barcha qori ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirish ishlari diniy idora, joylardagi vakillik va homiylar tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.
Qorilarni qo‘shimcha ravishda taqdirlashni istagan, farzandu arjumandlari ham dunyoda mana shunday ko‘zni quvontiradigan, oxiratda esa ota-onasiga toj kiydiradigan qoriyu qurrolar bo‘lishini niyat qilgan uzoq-yaqindagi saxovatpesha kishilar homiylik qilish taklifi bilan chiqishmoqda.
Xabaringiz bor, homiylik qilish istagini bildirgan himmatli insonlar uchun “O‘zbekiston Qur’on musobaqasi” tashkiliy hay’ati tomonidan maxsus hisob raqami ochilgan edi. Biroq, bu bankka borish va ortiqcha ovoragarchilikni tug‘dirgani uchun, barchaga qulay bo‘lgan "Payme" tizimi orqali to‘lovni amalga oshirish xizmati ishga tushirildi.
Endi, xayru saxovatlar qilishni xohlagan yurtdoshlarimiz maxsus hisob raqamga osongina muruvvat qilishlari mumkin.
Telefon orqali kirganda:
Kompyuter orqali kirganda:
Murojaat uchun telefonlar: 8-371-240-04-75, +99899-819-55-77
O‘MI Matbuot xizmati
Respublikamiz hojilari ishtirokida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.
“Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” tashabbusi doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida o‘tkazilgan 69 ming 138 ta tadbir doirasida joriy yilning shu davriga qadar 422 ming 565 nafardan oshiq yurtdoshimiz qamrab olindi.
Ular bilan tinchlik qadri, shukronalik, yoshlar tarbiyasi, ilm-ma’rifatga targ‘ib, yot g‘oyalarga qarshi kurashish, oila mas’uliyati, nizolarning oldini olish mavzularida suhbatlar o‘tkazildi. Ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari, moddiy yordamlar berib borilmoqda.
Ushbu xayrli ishlarga diniy soha vakillari bilan bir qatorda 11 mingdan ziyod hojilar jalb etilgan bo‘lib, ular mahallalarda amaliy ishlarda ko‘ngilli ravishda ishtirok etishmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati