Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Yanvar, 2025   |   15 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:37
Shom
17:22
Xufton
18:40
Bismillah
15 Yanvar, 2025, 15 Rajab, 1446

Zarcho‘vaning yana bir foydali xususiyati Kaliforniya universitetida aniqlandi

31.01.2018   11281   1 min.
Zarcho‘vaning yana bir foydali xususiyati Kaliforniya universitetida aniqlandi

Zarcho‘va – foydali ziravor. Biz odatda undan osh tayyorlashda foydalanamiz. Biroq Hindiston, Pokistonda va boshqa bir qator Sharq mamlakatlari bu ziravorni har kuni iste’mol qiladi, deb xabar beradi O‘zA.

Zarcho‘va qon aylanish tizimini yaxshilash, qandli diabet, bo‘g‘im og‘rig‘i, oshqozon-ichak, shamollash kabi kasalliklarni davolashda juda foydali. Chunki zarcho‘vaning ildizi bu kuchli oksidant, kurkumin deb ataluvchi sariq rangli pigment, shuningdek, kalsiy, temir, yod, fosfor, kalsiy, S va V gruppasiga kiruvchi vitaminlar, efir moyi va boshqa moddalarga boy. 

Kaliforniya universiteti olimlari xulosasiga ko‘ra, zarcho‘va qo‘shilgan taomni har kuni iste’mol qilish sog‘lom insonda xotirani yaxshilash va aqliy zaiflik alomatlari bilan kurashishga yordam berar ekan. Bu haqda RIA Novosti xabar beradi

Bu ziravorining foydali xususiyatlarini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazildi. Unda 50 dan 90 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar ishtirokchida bu jarayon o‘rganildi. Parishonxotirlik va xotiraning yomonlashganidan shikoyat qilgan ishtirokchilar o‘n sakkiz oy mobaynida dori o‘rnida platsebo yoki 90 milligramm kurkuminni (zarcho‘va ildizidan olinadigan modda) kuniga ikki mahaldan qabul qilgan. 

Tekshiruv va diqqatni aniqlashtiruvchi test natijalariga ko‘ra, ularning e’tibor jamlashi 28 foizga yaxshilangan. Xushbo‘y ziravor ular kayfiyatiga ijobiy ta’sir etgan. Ammo bunda ziravorning noxush asorati ham aniqlandi. Kurkumin moddasini qabul qilgan to‘rt kishi qorindagi og‘riq va ko‘ngil aynishidan shikoyat qilgan. 

O‘MI Matbuot xizmati

Tabobat
Boshqa maqolalar

Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar diqqatiga!

15.01.2025   3361   1 min.
Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar diqqatiga!

Adliya vazirligi bunday ogohlantirmoqda:


O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonuni (https://lex.uz/docs/11360) hamda Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 martdagi 57-son qarori (https://lex.uz/docs/2356876) talablariga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari har yili 1 fevralgacha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi adliya organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etishlari shart.


Hisobot (https://lex.uz/docs/3796969) shakli Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Hisobotlarni taqdim qilish Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portali (e-ngo.uz) (https://e-ngo.uz/) orqali amalga oshiriladi.


Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning (https://www.lex.uz/docs/97664) 239-moddasiga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi mansabdor shaxslarga jarima solishga sabab bo‘ladi.


Hisobotni to‘ldirish yuzasidan video qo‘llanma bilan batafsil tanishing.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati