Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Oktabr, 2025   |   1 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:25
Quyosh
06:44
Peshin
12:12
Asr
15:48
Shom
17:34
Xufton
18:47
Bismillah
23 Oktabr, 2025, 1 Jumadul avval, 1447

Hakam ibodat uchun futbol o‘yinini to‘xtatdi

28.01.2018   6842   1 min.

Ayni paytda Saudiya Arabistonidagi futbol o‘yinlarida hakamlik qilayotgan angliyalik Mark Klattenburg azonni eshitgan zahoti ibodat uchun o‘yinni to‘xtatdi va mahalliy futbol ishqibozlarining qo‘llab-quvvatloviga sazovor bo‘ldi.
Qirol kubogi uchun o‘tkazilayotgan "Al-Feyx" va "Al-Fotih" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv paytida yaqin oradagi masjidlardan azon ovozi eshitilib qoladi. Bu paytda o‘yinning qo‘shimcha daqiqalari o‘tib borayotgan edi.
Angliyalik hakam hushtak chalib o‘yinni to‘xtatdi va saudiyaliklar uning bu qarorini gulduros qarsaklar bilan olqishlashdi.
"Al Feyx" yakunda 118-daqiqada urilgan gol evaziga 2:1 hisobi bilan g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi.
42 yashar Mark Klattenburg avvallari Yevro-2016 va Chempionlar ligasi-2015/16 finallarida hakamlik qilgan. Angliya Premer ligasida 2004 yildan to o‘tgan yilning fevral oyiga qadar hakamlik qilib kelgan. O‘tgan yilning oxiridan boshlab Saudiya Arabistoni hakamlar qo‘mitasini boshqarib kelmoqda. Daily Mail nashri ma’lumotiga ko‘ra, u bu yerda yiliga 1 mln. Yevro ishlab topadi. Xuddi shunday miqdordagi maoshni unga Xitoydan ham taklif qilishgan edi, ammo u Saudiya Arabistonini ma’qul ko‘rdi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Muftiy sovrini – 2025” musobaqasi mutlaq g‘olibi – Qoraqalpog‘iston jamoasi!

22.10.2025   2377   1 min.
“Muftiy sovrini – 2025” musobaqasi mutlaq g‘olibi – Qoraqalpog‘iston jamoasi!

Vanihoyat kutilgan final o‘yini bo‘lib o‘tdi. “Muftiy sovrini – 2025” mini-futbol musobaqasi yakuniy uchrashuvida Namangan vakilligi va Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti jamoalari o‘zaro bellashdi. Ikkala jamoa ham ushbu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib kelishgani yaqqol namoyon bo‘ldi. Boisi ularning saralashlardan muvaffaqiyatli o‘tib, yuqori bosqichgacha yetib kelgani ham bejis emas.   

Final o‘yinini taniqli futbol sharhlovchilari Mirzahakim To‘xtamirzayev va Orif Tolipov sharhlab bordi. 

Musobaqa yakuniga ko‘ra: 

1-o‘rin: Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti jamoasi; 
2-o‘rin: Namangan vakilligi jamoasi; 
3-o‘rin: Samarqand vakilligi jamoasiga nasib etdi.

Murosasiz kechgan o‘yinni futbol shaydolari olqishlar ila kuzatib borishdi. Asosiy vaqtda jamoalar 4:4 hisobida durang qayd etishdi. G‘olib jamoa penaltilar seriyasi orqali aniqlandi. Unda Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti jamoasi 4:2 hisobda mutlaq chempion bo‘lishdi.  

Musobaqadan so‘ng taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi Temur Kapadze, futbol afsonasi Mirjalol Qosimov va bir guruh mutasaddilar bosh kubokni final o‘yini g‘olibi Qoraqalpog‘iston jamoasiga tantanali tarzda topshirdi. 

Shuningdek, g‘olib jamoa a’zolarining har biriga birinchi o‘rin medali va noutbuk taqdim etildi. 

Namangan jamoasiga esa ikkinchi o‘rin medali va zamonaviy televizor, Samarqand jamoasiga uchinchi o‘rin medali va planshet topshirildi.

Hakamlar, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng ko‘p to‘purar”, “Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyalariga sazovor bo‘lgan o‘yinchilarga ham qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, barcha o‘rin sohiblariga pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari ham taqdim etildi.   

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

“Muftiy sovrini – 2025” musobaqasi mutlaq g‘olibi – Qoraqalpog‘iston jamoasi! “Muftiy sovrini – 2025” musobaqasi mutlaq g‘olibi – Qoraqalpog‘iston jamoasi! “Muftiy sovrini – 2025” musobaqasi mutlaq g‘olibi – Qoraqalpog‘iston jamoasi! “Muftiy sovrini – 2025” musobaqasi mutlaq g‘olibi – Qoraqalpog‘iston jamoasi! “Muftiy sovrini – 2025” musobaqasi mutlaq g‘olibi – Qoraqalpog‘iston jamoasi! “Muftiy sovrini – 2025” musobaqasi mutlaq g‘olibi – Qoraqalpog‘iston jamoasi! “Muftiy sovrini – 2025” musobaqasi mutlaq g‘olibi – Qoraqalpog‘iston jamoasi! “Muftiy sovrini – 2025” musobaqasi mutlaq g‘olibi – Qoraqalpog‘iston jamoasi! “Muftiy sovrini – 2025” musobaqasi mutlaq g‘olibi – Qoraqalpog‘iston jamoasi!
Dunyo yangiliklari