Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Noyabr, 2025   |   11 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:36
Quyosh
06:55
Peshin
12:12
Asr
15:36
Shom
17:21
Xufton
18:35
Bismillah
02 Noyabr, 2025, 11 Jumadul avval, 1447

22.01.2018   17565   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar

G‘iybat va namiymaning xavfi

29.10.2025   3088   3 min.
G‘iybat va namiymaning xavfi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

G‘iybat haqida Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dedilar:

G‘iybat kimnidir unga yoqmaydigan so‘zlar bilan eslashingdir.

Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘radilar:

– Yo Allohning Rasuli sollallohu alayhi vasallam, men so‘zlayotgan narsa rostdan ham unda bo‘lsa-chi?

U zot sollallohu alayhi vasallam javob berdilar:

Agar sening aytganlaring unda bo‘lsa, sen g‘iybat qilding, agar aytganlaring unda bo‘lmasa, u holda bo‘hton[1] qilgan bo‘lasan. (Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan, Ahmad, Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyati)

Chaqimchilik, mish-mish (namiyma) xususida gapiradigan bo‘lsak, bu odamlar orasiga fitna va nifoq solish maqsadida tarqatiladigan gap-so‘zlardir. Shariat namiyma (ya’ni chaqimchilik, gap tashishlik, mish-mish tarqatishlik)ni o‘ta qattiq darajada qoralagan. Chunonchi, Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu haqda bunday deganlar:

“Sizlardan Allohning nafratiga loyiqrog‘ingiz ikki o‘rtada gap yetkazib, birodarlar orasida nifoq solib ajratadiganingizdir” (Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan, Ibn Abu Dunyo rivoyati)

 

G‘iybat va namiymaning xavfi

Haqiqatda g‘iybat va namiyma (gap tashish) qoralangan sifatlardandir. Xuddi badani shar’an pok bo‘lmagan odam ibodatda Yaratganga yaqinlasha olmaganidek, bular ham insonni Allohga yaqinlashtirmaydigan ma’naviy yomonliklardir. Allohni mushohada etish yo‘liga kirgan murid najot va Alloh rizosini topishi uchun bu kabi ichki illatlardan qutulishi mutlaqo zarur.

Bu haqda Alloh taolo bunday deydi:

(Mazkurlar bilan qasamyod etamanki) haqiqatan, uni (nafsni) poklagan kishi najot topur” (Shams surasi, 9-oyat).

Ya’ni “kimning nafsini Alloh taolo poklagan bo‘lsa” ma’nosida.

Darhaqiqat, g‘iybat va namiyma muridning Haq rizosini topishiga xalal beruvchi eng xavfli to‘siqlardandir.

Olimlar muridning yaxshi amallarini barbod qilishda hamda Alloh taoloning g‘azabini qo‘zg‘atishda hech bir amal g‘iybat hamda birovning aybu nuqsonini ochib sharmanda qilishchalik yomon emasligini uqtirib o‘tganlar. Shuning uchun tariqat pirlari talabalariga o‘z birodarlarining kamchiliklari haqida mish-mish tarqatmaslikni alohida uqtirganlar.  Muridning bu kamchiligi  kibru g‘ururi sababli qilgan biror bir gunohini ruyobga chiqarib qo‘yishlik uchun Alloh tomonidan oldindan belgilab qo‘yilgan taqdir bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Shoyadki, shu sababli murid tavbayu nadomat qilib katta darajalarga yetishsa.

Chunonchi, Ibn Atoulloh quddisa sirruhuning bu haqda bunday so‘zlari bor: “Tavbayu nadomatga eltuvchi gunohu isyon kibru manmanlik keltiruvchi toatu ibodatdan afzaldir”.

“Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.


[1] Bo‘hton yomonlik jihatidan g‘iybatdanda og‘irroq gunohdir. (Muallif sharhi)