Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Avgust, 2025   |   23 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:07
Quyosh
05:34
Peshin
12:32
Asr
17:18
Shom
19:23
Xufton
20:43
Bismillah
17 Avgust, 2025, 23 Safar, 1447

Imom-xatib: erkak va ayollarning o‘z kiyinish usullari bor

25.12.2017   8391   1 min.
Imom-xatib: erkak va ayollarning o‘z kiyinish usullari bor

Joriy yilning 23 dekabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida talaba yoshlarning diniy va dunyoviy bilimlarini yanada oshirish, milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini yuksaltirish, insonlar o‘rtasida muomala madaniyati va ayniqsa, institutning o‘rnatilgan tartib-qoidalari, kiyinish madaniyati borasidagi bilim, ko‘nikmalarini oshirish va uni targ‘ib qilish maqsadida xuddi shu nom ostida ma’rifiy-tarbiyaviy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari, “Islom ota” jome masjidi imom-xatibi Jasurbek Raupov ishtirok etdi. Tadbir davomida milliy qadriyatlar va o‘zbekona odob-axloq, sharmu hayo, milliy mentaletitimizga xos bo‘lgan fazilatlarni yoshlarimiz o‘zlarida shakllantirishlari lozimligini, ota-bobolarimizdan yillar silsilasidan o‘tib bizgacha yetib kelgan o‘ziga xos ta’lim-tarbiya qoidalariga bo‘ysunish, uni hurmat qilish, qadrlash va farzandlarimizga yetkazishimiz lozimligini va aynan mana shu jihatlar Yurt tinchligi, Vatan taraqqiyotida dasturulamal bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

J.Raupov ayniqsa, ayol-qizlarimizning kiyinishlarida, jamoat joylarida o‘zlarini tutishlarida musulmon kishining eng muhim sifatlaridan  bo‘lmish hayo, iffat ko‘tarilib ketayotganligini tilga olib, bu nafaqat o‘sha qiz yoki ayolning balki, o‘zgalarning ham gunohga botishiga sabab bo‘lishini hadisi shariflar bilan ta’sirchan tushuntirib berdi.

Shariatimizda erkak va ayollarning o‘z kiyinish usullari bor. Erkaklar xotinlarning kiyimini kiyishi qanchalik xunuk bo‘lsa, erkaklarning kiyimlarini kiygan xotinlar ham shunday bo‘ladi. Rus adibi Lev Tolstoy ta’biri bilan aytganda erkakka o‘xshamoqchi bo‘lgan ayol, xuddi xotinsifat erkak kabi tasqaradir.

Tadbirda talaba-yoshlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olishdi.

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy islohotlar xorijning yetakchi nashrlari nigohida

15.08.2025   6287   1 min.
O‘zbekistondagi diniy-ma’rifiy islohotlar xorijning yetakchi nashrlari nigohida

Mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida diniy-ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar, ijobiy o‘zgarishlar xalqaro miqyosda ham yuksak e’tirof etilmoqda.


Dunyo musulmonlari hayotiga oid eng ishonchli va xolis ma’lumotlar e’lon qiluvchi taniqli “Islamonweb” portalida Malayziya xalqaro islom universiteti professori Shukran Abdulrahmon va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Shahzod Islomovning “Ilm – milliy taraqqiyot va global tinchlikning mustahkam poydevori” mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.


Maqolada ta’kidlanganidek, boy ilmiy-ma’naviy asosga ega Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda xalqaro ilmiy hamjamiyat e’tiborini o‘ziga tortgan muhim islohotlar amalga oshirilmoqda.


O‘zbekiston milliy qadriyatlar, tarixiy tajriba va zamonaviy bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali barqaror taraqqiyotga intilmoqda. Bu yurtdagi barcha ijobiy o‘zgarishlar xalq ehtiyoji va orzu-istaklariga asoslanib, bag‘rikenglik, taraqqiyot va ma’rifat tamoyillariga sodiq qolgan holda olib borilmoqda.


Maqolada yozilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning g‘oyasi asosida tashkil etilgan Xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi, Mir Arab oliy madrasasi qisqa vaqt ichida ulkan ilmiy loyihalarni amalga oshirib, O‘zbekistonning ilm-ma’rifat markazi sifatidagi xalqaro imijini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 

N.Usmonova,

O‘zA muxbiri