Maqolalar
INSONNING ISHI YURISHMASLIGINI eng KATTA 33 ta SABABI
17.03.2025
3626
5 min.
INSONNING ISHI YURISHMASLIGINI
eng KATTA 33 ta SABABIni
ULUG‘ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA
XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:
- «Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik!» (Ahqof surasi 46/15 oyat);
- «Biz insonga ota-onasini rozi qilishni buyurdik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan qornida ko‘tarib yurdi. Uni ko‘krakdan ajratish muddati ikki yilda bitar. Biz insonga buyurdikki “Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Qaytishlik Mening huzurimgadir”» (Luqmon surasi 31/14 oyat);
- «Rabbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Ey, inson! Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga “uf!..” dema va ularni jerkima! Ularga doimo yoqimli so‘z ayt! Ularga, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va duoda ayt: “Ey, Rabbim! Meni ular go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!”» (Isro surasi 17/23-24);
- «Nimaniki xayr-ehson qilsangiz, ota-ona, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar va musofirlarga qilingiz! Alloh har qanday qilgan ehsonlaringizni bilib turuvchidir» (Baqara surasi 2/215 oyat).
JANOBI PAYG‘AMBARIMIZ RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM
MЕHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:
- “Uch toifa kishining qo‘lga kiritgan narsasida baraka bo‘lmaydi va qayerda bo‘lsa ham xorlanadi:
- mening nomimni eshitganda salavoti sharif aytmagan;
- Ramazon oyiga hurmat ko‘rsatmagan;
- ota-onasi tirik bo‘la turib, ularni xursand qilmagan”;
- “Ota-onaga duo qilishni tark etish rizqni kesadi”;
- “Kimni umri uzun va rizqi keng bo‘lishi xursand qilsa, ota-onasiga yaxshilik qilsin va silai rahm qilsin!” (Imom Ahmad rivoyatlari).
DONO XALQIMIZ MAQOLLARI:
- «Ota-ona rozi – Xudo rozi!».
- «Yaxshi o‘g‘il ota molini biylar,
Yomon o‘g‘il ota molini sochar».
- «Yaxshiga qilsang yaxshilik –
-
Yomonga qilsang yaxshilik –
Na aytadi, na qaytadi».
INSONNING ISHI YURISHMASLIGI,
BARAKASI BO‘LMASLIGI,
BIRI IKKI BO‘LMASLIGI va
MUHTOJ, QASHSHOQ, KAMBAG‘AL BO‘LISHLIGI ga
OTA-ONASI bilan BOG‘LIQ eng KATTA 33 ta SABAB:
- OTA-ONANING haqlariga duo qilmaslik.
- OTA-ONANI behurmat qilishlik.
- OTA-ONANI ko‘ngillarini og‘ritishlik.
- OTA-ONANING xizmatlarini qilmaslik.
- OTA-ONANING duolarini olmaslik.
- OTA-ONAGA oq bo‘lishlik.
- OTA-ONANING nomlarini aytib chaqirishlik.
- OTA-ONAGA itoatsizlik.
- OTA-ONANI bepisand qilishlik.
- Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) ni hurmatlarini joyiga qo‘ymaslik.
- Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) ga nisbatan beodoblik qilishlik.
- Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) oldilaridan kesib o‘tishlik.
- Ulug‘lar (OTA-ONA, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar) ning oldilariga tushib yurishlik.
- Aka-uka, opa-singillar bilan bemehr bo‘lishlik.
- Qavm-qarindoshlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lmaslik.
- Qo‘ni-qo‘shnilar bilan chiroyli muomala qilmaslik.
- O‘tganlarning haqlariga duo qilmaslik.
- Oziga shukr qilmaslik.
- Bir insonni xafa qilishlik.
- Olim-ulamolarni xo‘rlashlik.
- Xudo bergan ne’matlarni uvol-isrof qilishlik.
- Axloqsizlik.
- Ilmsizlik.
- Turar joy (yashaydigan uy, ishxona) larni ozoda tutmaslik.
- Kiyim kechak (libos, bosh kiyim, oyoq kiyim) larni pokiza tutmaslik.
- Ahli ayoli bilan janjallashishlik.
- Bir kishidan qarzdor bo‘lishlik.
- Mehmonga haqorat ila qarashlik.
- Behayolik.
- Besabrlik.
- Dangasalik.
- Hayvon, parranda, hasharot va nabotot olamiga zulm qilishlik.
- Yolg‘on gapirishlik.
Mehribon Parvardigorimiz o‘zlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham O‘zi buyurgan, Janobi Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tavsiya etgan, o‘tmishda o‘tganlarimizning ruhlari shod bo‘ladigan, xalqimiz xursand bo‘ladigan, ota-onalarimiz rozi bo‘ladigan yo‘llardan yurishimizni nasib etsin!
Ibrohimjon domla Inomov
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING