Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Avgust, 2025   |   3 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:19
Quyosh
05:43
Peshin
12:30
Asr
17:09
Shom
19:10
Xufton
20:27
Bismillah
26 Avgust, 2025, 3 Rabi`ul avval, 1447

Bolalar o‘rtasida adolat qiling

20.11.2017   5772   2 min.
Bolalar o‘rtasida adolat qiling

Bolalar tarbiyasiga doir foydali maslahatlar

No‘mon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dedilar: «Farzandlaringiz o‘rtasida adolat qilinglar». Imom Muslim rivoyat qildilar. Bashir roziyallohu anhuning ayollari: «Mening bolamga xizmatkor sovg‘a qiling va bu narsaga Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ni guvoh qiling», – dedi. Bashir roziyallohu anhu Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning oldilariga keldilar-da: – Falonchining qizi (ayollarini aytayaptilar – tarj.) o‘zining o‘g‘liga xizmatkor tuhfa etishimni so‘rayapti… – dedilar. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): – Uning aka-ukalari bormi?, – deb so‘radilar. Bashir dedilar: – Ha. – Ularning hammalariga ham bunga qilganingdek tuhfa qilganmisan? – deb so‘radilar Rasululloh. – Yo‘q. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): – Bunday qilish yaramaydi, men faqatgina haq narsaga guvohlik qilaman, – dedilar. Imom Ahmad rivoyatlarida Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «Meni javrga guvoh qilma, albatta, bolalaringning sendagi haqqi ular orasida adolat qilishingdir», – dedilar.

Shuningdek, muqaddas dinimizda qiz farzandlarga alohida e’tibor berishligi haqida Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) shunday marhamat qilganlar: «Kimning bir qiz farzandi bo‘lib, unga yaxshi ta’lim, go‘zal tarbiya hamda Alloh taolo unga ato etgan ne’matlaridan qiziga ham sarflasa, Qiyomat kuni shu qizi uning uchun do‘zaxdan to‘suvchi parda bo‘ladi»  (Tabaroniy rivoyati).

Bayhaqiy rivoyat qildilar: Anas roziyallohu anhu dedilar: Bir kishi Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bilan birga o‘tirgan edi, uning o‘g‘ilchasi kelib qoldi va u o‘g‘lini o‘pdi-da, bag‘riga olib o‘tqazdi. Keyin uning qizchasi keldi, u qizchasini oldi-da, yoniga o‘tqazdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «Sen ular o‘rtasida adolat qilmading», – dedilar. Salaflar bolalarini o‘pishda ham ular o‘rtasida adolat qilishni yaxshi ko‘rishardi.

Muslim Atayev,

tarix fanlari nomzodi,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Fatvo bo‘limi xodimi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qashqadaryolik imom-xatiblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi (foto+)

25.08.2025   1741   1 min.
Qashqadaryolik imom-xatiblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi (foto+)

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi arafasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. 


Xususan, Qashqadaryo viloyatida ham ana shunday tadbirlardan biri o‘tkazildi. Unda aholi o‘rtasida tinchlik va totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilib, yosh avlodni ma’naviy poklik, vatanparvarlik va halollik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan, yoshlarimiz qalbida ma’naviy bag‘rikenglik va yurtga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlashda munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh imom-xatiblar:


Mansurov Yahyo  – Qarshi shahar bosh imom-xatibi;


Murodullayev Iso – Qarshi tumani “Saroy” masjidi imom-xatibi;


Nuriddinov Murodullaxon – Qamashi tumani “Qoratepa” masjidi imom-xatibi;


Jo‘rayev Valijon – Mirishkor tumani “Guliston” masjidi imom-xatibi;


Muxtorov Fazliddin – Shahrisabz shahar bosh imom-xatibi;


Shoimov Normurod – Kitob tumani “Sevaz” masjidi imom-xatibi.


Qashqadaryo viloyati hokimining Faxriy yorlig‘i va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

 

Shuningdek, futbol bo‘yicha Qashqadaryo viloyati vakilligi kubogi uchun final uchrashuvi o‘tkazilib, g‘oliblar munosib taqdirlandi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Qashqadaryo viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

 

Qashqadaryolik imom-xatiblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi (foto+) Qashqadaryolik imom-xatiblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi (foto+) Qashqadaryolik imom-xatiblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi (foto+) Qashqadaryolik imom-xatiblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi (foto+) Qashqadaryolik imom-xatiblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi (foto+) Qashqadaryolik imom-xatiblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi (foto+) Qashqadaryolik imom-xatiblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi (foto+) Qashqadaryolik imom-xatiblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi (foto+) Qashqadaryolik imom-xatiblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi (foto+) Qashqadaryolik imom-xatiblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi (foto+) Qashqadaryolik imom-xatiblar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi (foto+)
O'zbekiston yangiliklari