Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlar idorasining majlislar zalida “Yil imomi-2017” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichi boshlangani haqida xabar bergan edik.
Tanlov ishtirokchilari raqamlar solingan konvertni olib, berilgan savollarni javob berishni boshlashdi. Imom-xatiblar qo‘yidagi ketma-ketlikda savollarga javob berishmoqda.
Toshkent viloyati Qibray tumani “Sa’dulla ota” jome masjidi imom-xatibi Mirhamidov Obidjon.
Xorazm viloyati Gurlan tumani “Jayx Jaloliddin Gurgoniy bobo” jome masjidi imom-xatibi Qurbanbayev Muzaffar.
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar “Abduqahhor xoji” jome masjidi imom-xatibi Aslanbayev Xurshid.
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “Oq masjid” jome masjidi imom-xatibi Isaqov Abdutolib.
Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Oqilon” jome masjidi imom-xatibi Isomiddin Axrorov.
Namangan viloyati Namangan shahar “Shodibek” jome masjidi imom-xatibi Nuriddinov Muhammad.
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Oshiq ota” jome masjidi imom-xatibi Karimov Azimxon.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri “Yangi qishloq” jome masjidi imom-xatibi Jumayev Alisher.
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani “Ramazon qori” jome masjidi imom-xatibi Davron Temirov.
Buxoro viloyati Buxoro shahri “Volidai Abduazizxon” jome masjidi imom-xatibi Qudratov Zarif.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Yakkaqayrag‘och” jome masjidi imom-xatibi Orolov Usmon.
Navoiy viloyati Nurota tumani “Chil ustun” jome masjidi imom-xatibi Mo‘binov Jamoliddin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorauzak tumani “Idris eshon” jome masjidi imom-xatibi Idrisov Ozod.
Surxondaryo viloyati Boysun tumani “Qadimiy Darband” jome masjidi imom-xatibi Alimov O‘rol.
Mazkur imom-xatiblar quyidagi yo‘nalishlardagi savollarga javob berishmoqda:
O‘z navbatida hakamlar ishtirokchilarining kasb-mahoratlari va bilim saviyalarini to‘la bilish maqsadida, qo‘shimcha savollar berishmoqda.
Ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlab turing va bizni kuzatishda davom eting.
#xabar #muftiy #juma
Bugun, 16 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari juma namozini poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi "Abu Saxiy" jome masjidida ado etdilar.
Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga “Isro va me’roj voqeasi hikmatlari” mavzusida ma’ruza qilib berdilar.
Islom tarixidan ma’lumki, payg‘ambarlikning o‘ninchi yilida Alloh taolo Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni bir kechada Makkadagi Masjidul Haromdan Quddusdagi Masjidul Aqsoga sayr qildirib, u yerdan osmonlarga ko‘tardi. Bu haqda Isro surasining 1-oyatida bunday xabar berilgan: “O‘z bandasi (Muhammad)ni bir kechada Masjidul Haromdan atrofini barakotli qilganimiz Masjidul Aqsoga olib borgan Zot (Alloh) barcha nuqsonlardan pokdir. Biz unga oyatlarimizdan (mo‘jizalarimizni) ko‘rsatish uchun (shu ishni qildik). Albatta, U eshituvchi va ko‘ruvchidir”.
Ma’ruzada aytilganidek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam osmonlarga jismlari bilan ko‘tarilganlar. Har osmonda payg‘ambarlar va ko‘plab farishtalar bilan ko‘rishganlar. U zotga jannat va jahannam ahlining holi qanday bo‘lishi ko‘rsatilgan. Sidratul-muntaho – yaratilgan mavjudotlar ilmi va harakati tugaydigan joyga yetib, Allohning g‘ayb olamida ko‘pgina ajoyibotlarni ko‘rganlar. O‘shanda ba’zi oyatlar nozil bo‘lgan, besh vaqt namoz farz qilingan.
Muftiy hazratlari ushbu buyuk mo‘jizadan olishimiz zarur bo‘lgan ayrim hikmatlarga to‘xtalib o‘tdilar. Jumladan, Allohning qudrati mutlaqo cheksizligi, Payg‘ambar alayhissalomning maqomlari naqadar ulug‘ligi, namoz – eng oliy maqomda amr qilingan ulug‘ ibodat ekani, imon – g‘oyibga ishonish ekani kabilarni oyat va hadislar bilan sharhlab berdilar.
Manfaatli suhbat so‘ngida Alloh taolo barchamizni ushbu buyuk mo‘jizadan munosib ibrat olib, imon-e’tiqodda sobitqadam, hayot sinovlarida sabrli, O‘zidan umidini uzmaydigan bandalaridan qilishini so‘rab duo qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati