Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Noyabr, 2025   |   29 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:54
Quyosh
07:17
Peshin
12:14
Asr
15:19
Shom
17:04
Xufton
18:20
Bismillah
20 Noyabr, 2025, 29 Jumadul avval, 1447

Qur’on rekord muddatda yod olindi

27.10.2017   10578   1 min.
Qur’on rekord muddatda yod olindi

Misrning nashrlaridan biri bo‘lgan “Al-Vatan” gazetasida nashr etilgan habarga ko‘ra, “Al-Azxar” universiteti farmatsevtika fakultetining 18 yoshli talabasi Sharif Sayid Mustafo Qur’oni karimni Alloh taoloning marhamati bilan 3 oyda yod olishga muvaffaq bo‘ldi. Qolaversa, Sharif Imom Buxoriy va Imom Muslim hazratlarining “Sahih hadislar to‘plami”ni 40  kunda xotirasiga joylashtirib oldi.

Uning bunday noyob qobiliyatiga 100 betlik matnni 6 daqiqada o‘qish iqtidori sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Qur’oni karimni bundan ham qisqa muddatda yod olganlar bo‘lishi mumkin, lekin ikki yirik xadislar to‘plamini 40 kunda yod olish Alloh taolo hammaga ham nasib etmaydigan nodir qobiliyatdir.

Alisher SATTAROV

Xalqaro aloqalar bo‘limi hodimi

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

To‘g‘ri tasarruf yo‘li

20.11.2025   1064   1 min.
To‘g‘ri tasarruf yo‘li

Bir taksichi yurtidagi bir boy odamni manziliga yetkazdi. Boy odam tabloda ko‘rsatilgan mablag‘ni to‘ladi. U taksidan tushayotganida taksichi unga: “Bilasizmi, kecha o‘g‘lingizni bir manzilga olib borib qo‘ygandim. U menga tabloda ko‘rsatilganidan ancha ko‘proq pul berdi. Nega siz undan ham boy bo‘laturib bunday qilmadingiz?”

Boy odam taksichiga kulimsirab qaradi: “Siz nimani kutgan edingiz? O‘g‘lim otasi boy bo‘lgani uchun shunday qilgandir, men esa yetim o‘sganman”, deb tushib ketdi.

Ha, kimki o‘z mehnati bilan daromad topsa, uni qadrlaydi. Kimgaki katta mablag‘ qiyinchiliksiz kelsa, uni keraksiz o‘rinlarga ham sarflaydi. Shunday ekan, bolalarimizga mehnat bilan erishishni o‘rgatsak, ular to‘g‘ri tasarrufni o‘zlari o‘rganib oladi.

Akbarshoh Rasulov

Maqolalar