Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyun, 2025   |   19 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:39
Bismillah
15 Iyun, 2025, 19 Zulhijja, 1446

Yodlash usuli

28.03.2017   7478   2 min.
Yodlash usuli

Yod olish -  ma’lum bir hajmli tekstni qisqa vaqt ichida ko‘p og‘zaki qaytarish orqali esda saqlab qolishdir. Ta’lim tarixidan ma’lumki, diniy kitoblardagi mavzular ko‘pincha yodlab o‘rganilgan. Kitoblar asosan qo‘lyozma shaklida ko‘paytirilgani uchun darslik hamma talabalarga yetarli bo‘lmagan. Bunday sharoitda ta’limda yodlash usuli yetakchi usul bo‘lib hizmat qilgan. Vaqt o‘tib kitoblar  ko‘p-ko‘p chop etila boshlasa ham yodlash usuli o‘zining mohiyatini yo‘qotmagan. Buning sabablaridan biri malakali diniy mutahassislarni tayyorlashda bu usul juda qo‘l kelgan. Ma’lumki, ulamolarga omma xalq turli savollar bilan tinimsiz murojaat qilishgan. Ulamolar fuqarolarga tez va aniq, to‘g‘ri javob berishlari lozim bo‘lgan. Javoblar qat’iy Qur’on oyatlari va hadislardagi dalillardan olingan. Bu ma’suliyatni hal qilishning birdan-bir yo‘li ushbu dalillarni yoddan bilish bo‘lgan.

IXV-asrga kelib G‘arb ta’limotida keskin o‘zgarish yuz berdi. Buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy o‘zining ”Buyuk didaktika”  asarida ta’limning yangi nazariyasini ochib berdi. Ushbu nazariya shu vaqtgacha yetakchi bo‘lgan yodlash usulini tanqid ostiga oldi. Albatta, bu nazariya Sharq ta’limotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Shunga qaramasdan  yodlash usuli o‘z mohiyatini yo‘qotmasdan amaliyotda keng foydalanib kelindi.

Yodlash usulining ijobiy tamonlari bolalarning lug‘at boyligini oshiradi.  O‘z navbatida bola mazkur lug‘atlardan boshqalar bilan bo‘lgan muloqotida keng foydalanadi. Ba’zida bola biron bir jumlaning mohiyatini to‘liq tushunib yetmasada, yodlagan jumlani o‘z nutqida bemalol qo‘llay oladi. Ayniqsa vaqt chegaralangan bo‘lsa hajmi kichik ma’lumotlarni eslab qolishning yuqori darajasi yodlash orqali belgilanadi. Bu usul sodda, oson usul hisoblanadi. Biroq tushunmasdan yodlangan ma’lumotlar bilim olishda har doim ham qo‘l kelavermaydi. Yana shuni ta’kidlash joizki, yodlash kezi kelganda zerikarli va qiyin hisoblanadi. Buning ustiga tez yodlagan ma’lumotlar tez esdan chiqish xususiyatiga ham ega. Hozirgi kunda bu usuldan chet tillari, karra jadval, alifbo harflari, qoidalar, tarixiy sanalarni o‘zlashtirishda qo‘llanilmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, yodlash usuli Qur’oni karim oyatlarini eslab qolishning birdan-bir “oltin”  usuli  bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun qadimda ota bobolarimiz: “Dehqon bo‘lsang shudgor qil, mulla bo‘lsang takror qil”, deya bejizga aytmaganlar.

 Xadichai Kubro o‘rta maxsus islom

bilim yurti mudarrisasi Qurbonova Gulobod

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Jamoat namozini o‘tkazib yuborganning ta’ziyasi

13.06.2025   5389   2 min.
Jamoat namozini o‘tkazib yuborganning ta’ziyasi

O‘tgan solih zotlar jamoat bilan namoz o‘qiyolmay qolsalar, bir-birlariga ta’ziya izhor qilishar ekan. Shunday zotlardan biri Hotamul Asom aytadi: “Men jamoatga ulgurmay qoldim, shunda menga Abu Is'hoq Buxoriyning bir o‘zi ta’ziya bildirdi. Agarda o‘g‘lim o‘lib qolsa minglab odamlar ta’ziya izhor qilishadi. Buning sababi odamlar nazdida din musibati dunyo musibatlaridan ko‘ra arzimas sanalganidandir”.

Bugungi kunda oramizda qanchalab odamlar jamoat namozlarini o‘tkazib yuboradilar, jiddiy e’tibor qaratmaydilar. Ba’zida ish, g‘am-tashvishlarning ko‘pligini bahona qilamiz, to‘g‘rimi?! Yana ko‘plar tuni bilan uxlamasdan, bomdod namoziga yaqin uxlab qolishlari ham bor gap.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Zimis­tonda masjidlar sari odim tashlovchilarga qiyomat kunidagi tamomiy nurning xushxabarini beringlar”[1] deganlarini nahot eshitmagansiz?!

Shayton sizning ustingizdan g‘alabaga erishib, namozda xotirjamligingizni ketkazishiga imkon bermang!

Omir ibn Abdulloh o‘lim to‘shagida yotganlarida azon ovozini eshitib: “Meni qo‘limdan tutinglar”, dedilar. Omir ibn Abdullohga “Axir siz betobsiz-ku”, deyishganida: “Allohning chaqirig‘ini eshitib turib, unga rioya qilmaymanmi”, dedilar. Keyin  u kishini qo‘lidan ushlab turg‘izishdi. Masjidda imom bilan shom namozining bir rakatini o‘qidilar va jon taslim qildilar.

Yana bir misol: Sufyon ibn Uyayna azon aytilishidan ilgari namozga borishga ishtiyoqmand bo‘lganlar va doim: “Namozga azon aytilmagunicha masjidga kelib turmaydigan yomon qul bo‘lma. Chunki yomon qul chaqirmaguningcha kelmaydi”, der edilar.

Oisha roziyallohu anho onamiz aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan suhbatlashib o‘tirardik, u zot ham biz bilan gaplashib o‘tirardilar. Bordi-yu, namoz vaqti kirib qolsa, bir-birimizni tanimaganday bo‘lib olardik”[2].

Shukrki, oramizda masjidda birinchi safga joylashish uchun g‘ayrat qiluvchilar ko‘payib bormoqda. Nabiy alayhissalom: “Agarda odamlar azonda va birinchi safda nimalar borligini bilishsa edi, unga erishish uchun qur’a tashlashdan boshqa chora bo‘lmasa, albatta, qur’a tashlagan bo‘lardilar”, deganlar.

 Said ibn Musayyab aytadi: “Men ellik yildan beri biror marta birinchi takbirni o‘tkazib yubormaganman. Ellik yildan buyon namozda birorta kishining boshining orqasiga qaragan emasman”.

 

Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.


[1]  Imom Termiziy va Imom  Abu Dovud rivoyati.
[2]  Mursal hadis. Iroqiyning “Ihyo”ga yozgan taxrijiga qarang (1, 205).