Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Yanvar, 2025   |   5 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:33
Asr
15:27
Shom
17:11
Xufton
18:30
Bismillah
05 Yanvar, 2025, 5 Rajab, 1446

Abu Hanifa va Imom Molik

14.03.2017   12184   14 min.
Abu Hanifa va Imom Molik

Imomi A’zam Abu Hanifa rohmatullohi alayhning Imom Molik rohmatullohi alayhga qat’iy javoblari

Abu Hanifa: “Men yuzga yaqin faqihlar bilan munozara qilganman, lekin haqiqatni tezroq qabul qilishda imom Molikdek faqihni ko‘rmadim, Allohga qasamki, uni yaxshi ko‘rib qoldim”, dedilar. Bu yerda imomi A’zam bizga ishorat qilayapdilarki yetuk olim haqiqatni juda tez qabul qiladi.

Zamonasining eng zabardast faqihini qiynab qo‘ygan uning savollariga juda ham ziyraklik bilan javob bergan bizning mazhab boshimiz imomi A’zam rohmatullohi alayhga uning mazhabini to‘g‘ri deb bilib uni inkor qilishga shoshilmasdan u zotning chiqargan masalalarini batafsil ko‘rib chiqib, uni tasdiq qilib ergashgan mujtahidlarga Allohning salomi bo‘lsin.

Shuni bilish kerakki! Alloh taolo mujtahidlarga Qur’on va Hadisning ichidan zamonasining eng zabardast olimlari ham anglay olmaydigan va aqllari ham shoshib qoladigan darajadagi xislatlarni berganiga amin bo‘lamiz. Imomi A’zam Abu Hanifa rohmatullohi alayh 80 mingta savolga javob bergan bo‘lsa! Bilingki 80 ming marta ijtihod qilganlar. Bir masalaga javob berish uchun sizga qancha ilmlar kerak bo‘ladi. Oddiygina qilib aytganda Qur’on, hadisi nabaviy, sahobalar so‘zlari va ijtihodlarini batafsil bilish hamda yodda saqlab bir harfini ham zinhor-zinhor yoddan chiqarmasdan uni mahorat bilan ming marta uylab keyin javob berish. Shunga e’tibor qiling! Imomi A’zam Abu Hanifa rohmatullohi alayh Qur’onni shunaqa yaxshi bilardilarki go‘yo har bir oyatning nima sababdan nozil bo‘lganlariga va shu vaqtda rosululloh qanday yo‘l tutganlarini zarra misli ham yoddan chiqarmaganlar. Hadisni bilishga keladigan bo‘lsak: uni o‘zlari rivoyat qilgan muhaddislardan ko‘ra yaxshi bilgan va undan ijtihod qilganlar. Hadisi rasulda u kishining yo‘llari go‘yo u zot o‘sha vaqtda o‘zlari o‘sha hadisga guvoh bo‘lgan va uni yozib olgan sahoba mislidek bir harfiga ham xiyonat qilmasdan uni boshqa hadislarning ichidan rosululloh aytgan gaplarning ichidan juda mohirlik bilan tanlab uni ming marta taroziga o‘lchab keyin masala chiqargan. Sahobalarni bilishga keladigan bo‘lsak: imomi A’zam ularni ota-onasidan ham yaxshi tanigan va ularning ichidan eng peshqadam mujtahid darajasiga yetgan sahobalar so‘zlarini Qur’on va hadisdan masalaga javob topa olmagandan so‘ng ularning so‘zlarini qabul qilgan. Qur’on, hadis va sahobalar so‘zlaridan ham masalaga javob topaolmagandan so‘ng o‘zlarini o‘nglab uchala manbaga qiyoslab keyin o‘zlari xukm chiqarganlar. Ya’ni, ijtihod qilish usulini Alloh taolo u kishiga ilhom qilgan boshqa mazhab ahllari u kishidan ijtihod qilishni o‘rgangan. Imomi Shofe’iy u kishining nevara shogirdi ya’ni, shogirdi ....ning shogirdi hisoblanadi..

Imomi A’zam har bir masalani 40 ta mujtahidlik darajasi yetgan shogirdlarining o‘rtasiga havola qilganlar. Agar ulardan sog‘ chiqsa, u imomi A’zam masalasiga kiritilgan. Go‘yo bu qobiliyat bu shogirdlarida ham o‘z aksini topgan edi. Lekin shunga qaramasdan ular bu bilan u masaladagi mohirlikni ko‘rib aqllari shoshib bu iste’dodni o‘zlariga ko‘chirma sifatida qabul qilardilar. U zot aytgan ekanlar: agar men keltirgan masala Qur’on, hadis va sahobalar so‘zlariga teskari kelsa! shunday devorga o‘ringlarki u chiqargan masalam parcha-parcha bo‘lib ketsin deganlar. Bir o‘zlari 80 mingta masalaga javob berib qo‘yganlar. Agar bilsak bunday so‘zlarni faqat Allohning mard bandalari ayta oladi, xolos. Imomi Molik rohmatullohi alayh o‘zlari tushunmagan narsalarni imomi A’zamdan so‘rab olganlarida, u kishi shunaqa uslubda javob berdilarki Imomi Molik terlab ketdilar. Imomi Molikning oldida biror kishi gapirishga haddi sig‘masdilar. Shunday bo‘lishiga qaramasdan u zot eshitilgan har xil gaplarga barham berish uchun imomi A’zamning oldiga munozaraga keldilar:

Imom Molik (rohmatullohi alayh) imom Abu Hanifa (rohmatullohi alayh) bilan uchrashgandan keyin imom Molikdan so‘rashibdi. Sizda Abu Hanifa haqida qanday taassurot uyg‘ondi? Imom Molik cho‘ntagidan ro‘molchani chiqarib, terlarini artib: “Abu Hanifa meni terlatdi”, dedilar. So‘zlarida davom etib: “Allohga qasamki, Abu Hanifa haqiqatda faqih ekan. Yana qasamki, men bu olimdek munozara qiladigan faqihni ko‘rmadim. Agar sizlarga mana bu temirdan bo‘lgan to‘sinni tilladan desa, to‘sin tilladan ekaniga sizlarni dalili bilan ishontiradi!” Keyin Abu Hanifadan imom Molik haqlarida so‘rashganda, Abu Hanifa: “Men yuzga yaqin faqihlar bilan munozara qilganman, lekin haqiqatni tezroq qabul qilishlikda imom Molikdek faqihni ko‘rmadim, Allohga qasamki, uni yaxshi ko‘rib qoldim”, dedilar. Rivoyat qilinadiki, bir kishi imom Molikni oldilariga kelib, shunday savol beribdi: “Aytingchi, bir kuni yo‘lda ketayotib, yo‘l chetida yotgan tuxum bosib yotgan tovuqni ko‘rib qoldim. Keyin uning tuxumini chiqarib oldim. Tuxum qo‘limdan tushib ketib, undan jo‘ja chiqib qoldi. Endi u jo‘jani so‘yib yesam bo‘ladimi?”, dedi. Imom Molik: “Sen Iroqdanmisan”, dedilar. U kishi: “Ha” deb javob berdi. Imom Molik “bu Abu Hanifaning ishi, sizlar hayotda bo‘ladigan narsalar haqida savol beringlar. Bo‘lmaydigan, foydasiz narsalar haqida so‘ramanglar”, dedilar. Yana bir kishi imom Molikdan so‘rabdi: “Aytingchi, bir kishi boshqa bir kishini “eshak” deb so‘ksa, unga nima jazo ko‘riladi”, dedi. Imom Molik: “Odobga chaqirish uchun darra uriladi”, dedilar. Kishi: “Agar uni “xachir” deb so‘ksachi” deganida, imom Molik, “seni odobga chaqirish uchun darra urish kerak, chunki sen Iroqliksan”, deb javob berdilar.

Imom Molik Abu Hanifaga e’tiroz bildirib: “Siz insonlarni o‘zaro tortishuviga sabab bo‘lyapsiz” dedi. Unga Abu Hanifa: “Ey Molik! Iroqdagi vaziyat Madinadagidek emas. Iroq hozirda xalifalik shahri hisoblanadi. Har kuni yangi voqealar, yangi hukmni taqazo qiluvchi masalalar paydo bo‘ladi. Hozirgi kunda Iroqda mamlakatlarni fath qilish avjiga chiqqan. Bularni barchasiga biz fiqhiy tarafdan tayyor turishimiz kerak. Hattoki, yangi bir masala paydo bo‘lsa, insonlar u masalani yechimini bilishsin” deb javob berdilar. Shunda imom Molik Abu Hanifaga: “Menga bu yangi masalalardan misol keltiringchi”, dedi. Abu Hanifa misolni shunday boshladilar. Bir ayolni eri safarga ketib, ancha vaqt g‘oyib bo‘ldi. Haligi ayol erini o‘ldi deb o‘ylab, boshqa bir kishiga erga tegdi. Shunda ayolni avvalgi eri kelib qolsa, qanday hukm chiqargan bo‘larding ey Molik!”, dedilar. Imom Molik: “Mendan bo‘lmagan voqealarning masalasini so‘ramang”, dedi. Abu Hanifa: “Ey Molik! bizda (Iroqda) insonlar har kuni g‘azot qilish uchun chiqib, o‘z oilalaridan ancha vaqt g‘oyib bo‘ladilar. Shuning uchun men bunday masalalarga tayyor turishim kerak”, dedilar. Keyin unga “Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni oldilariga kelib, bir necha savollarni bergan kishi haqidagi hadisni o‘zingiz rivoyat qilgansizku dedi. Hadisdagi kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan: “Agar bir kishi kelib, mol-mulkimni tortib olsa, nima qilaman”, deb so‘radi. Rosululloh “bermaysan”- dedilar. Agar men bilan urishsachi? “u bilan urishasan” dedilar. Agar meni o‘ldirsachi? “sen shahid bo‘lasan”- dedilar. Savolini davom ettirib: “agar men uni o‘ldirsamchi?”- dedi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “u do‘zaxda” deb javob berdilar. Bunga nima deysiz ey Molik! Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hali bo‘lmagan to‘rtta voqeaga javob berdilar. Imom Molik esa: “bu masalalarning foydasi bo‘lgani uchun javob berdilar”, dedi. Abu Hanifa imom Molikka Iroqdagi “masalalarda ham foyda bo‘lgani uchun yangi masalalarga yangi hukmlar chiqarishga mas’ulman” dedilar.

Ikkinchi masala:

Agar bir narsaning yechimi ya’ni halolligi yoki haromligi Qur’oni Karimdan, sunnati nabaviydan topilmasa. Uning yechimi musulmonlarni ijmosi bilan bo‘ladi. Shu masalada ikki imom o‘rtasida ixtilof paydo bo‘ldi. Imom Molik: “Madina ahlini qilgan ijmosini olish kerak”, deydilar. Chunki Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) dinni sahobalarga qoldirdilar. Din Madinada mukammal bo‘ldi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ning vafotlaridan keyin ulug‘ sahobalarni Madinada qoldilar. Bundan tashqari o‘zlaridan keyin qilgan amallarini odamlarga so‘zlab beradigan to‘qqizta ayollarini ham Madinada qoldirib ketdilar. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) bilan yashagan o‘n mingta sahobalar Madinada qolgan edi. Shuning uchun Madina ahlining ijmosi ijmo hisoblanadi. Axir bir yoki ikkita sahoba yashab o‘tgan shahar, o‘n mingta sahoba yashagan shaharga teng bo‘ladimi!?”- dedilar. Rivoyat qilinadi. Bir kishi imom Molikni oldiga kelib: “Ixtilof bo‘lgan masalalarda nima qilay”,-dedi. Imom Molik: “Madina ahlining hukmini axtargin. Agar Madina ahlini hukmini topsang uni haq deb bilgin”, dedilar. Boshqa bir kishi kelib imom Molikdan “Ilmni qayerdan topaman”, deganda: “Ilmni Madinadan topasan. Axir Qur’on Furotda nozil bo‘lmaganku”,- deb javob berdilar. Imom Molikning so‘zlari tugagach, Abu Hanifa o‘z so‘zlarini boshladi. Abu Hanifa imom Molikdan o‘n uch yil katta bo‘lganlar. Abu Hanifa imom Molikka qarab: “Ey Molik! Umar (roziyallohu anhu) ning davrlarida g‘azotlar sababli sahobalar har xil shaharlarga tarqalib ketganlar. Sen esa “Madinada o‘n mingta sahoba bor” deysan. O‘zi aslida Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ni oxirgi g‘azotlarida bir yuz yigirma ming atrofida bo‘lganku. Ey Molik! Qolgan sahobalar qayerda?”, - so‘radilar. Imom Molik “Boshqa shaharlarda”- deb javob berdi. Abu Hanifa: “Ey Molik! Umar (roziyallohu anhu) xos sahobalarni dinni o‘rgatish maqsadida turli shaharlarga yuborganlarini inkor qilasanmi yoki Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)ning “Ummatimni halol va haromni eng yaxshi biluvchirog‘i, Muoz ibn Jabal” - deganlarini va uni Yamanga jo‘natganlarini inkor qilasanmi. Shuningdek, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) : “Kim Qur’oni karimdan ta’lim olmoqchi bo‘lsa, Ibn Mas’uddan olsin”, deganlarinichi? Keyin Umar (roziyallohu anhu) Ibn Mas’ud (roziyallohu anhu) ni Iroqqa jo‘natganlar. Bularning barchasini inkor qilasanmi? Ey Molik!”,- dedilarda keyin Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)ni: “Ulardan ilm o‘rganinglar”, deb vasiyat qilgan sahobalarning  ismlarini sanab o‘tdilar. Ular: Ibn Mas’ud va Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhumo) lar Iroqqa borganlar. Yamanga Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu) , Misrga Zubayr ibn Avom  va Sa’d ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhumo) lar borganlar. Abu Ubayda ibn al-Jarroh, Abu Dardo va Bilol (roziyallohu anhum) lar esa Shomga borib Islom dinini yetkazganlar. Ey Molik! Bularni inkor qilolmasang kerak. Yoki bu sahobalarni ilmi bo‘lmaganmidi? Noto‘g‘ri hisoblanmaydimi? Umar (roziyallohu anhu) boshqa shaharlarga bitta yoki ikkita sahobani jo‘natib, Madinada boshqalarini olib qolishligi. Abu Hanifa so‘zini boshqa hadislarni aytish bilan davom ettirdi. Jumladan: Ummatimning ummatimga eng mehriboni Abu Bakrdir. Ummatimni halol va haromda ilmlirog‘i Muoz ibn Jabal. Faroiz ilmini biluvchirog‘i Zayd ibn Sobit, Qur’onni biluvchirog‘i Ibn Mas’uddir. Bu ummatni Amini Abu Ubayda ibn al-Jarroh”, deganlar. Bu sahobalarni boshqa-boshqa shaharlarga tarqalish sababi ummat ilmlarini yanada ko‘paytirish bo‘lgan.

Uchinchi masala:

Ilm madrasalari ikki xil bo‘ladi. Hadis madrasasi. Ray (ilmga suyangan fikrga ray deyiladi) madrasasi. Abu Hanifani ilmda o‘z qarashlari bor. U kishi bir hadisdan yuzga yaqin foydalarni chiqarib olardilar. Imom Molik esa, buni oshiqcha mubolag‘a hisoblab, hadisni o‘z ma’nosini qo‘yib, boshqa ma’noni keltirib chiqarishini ham ma’qul ko‘rmaganlar. Endi bunday qilish Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni aytmagan so‘zlarini ta’vil qilish hisoblanadi”,- dedilar. Abu Hanifa imom Molikning bu so‘zlariga raddiya qilib,: “Ey Molik! Sen biz Iroq ahliga yaxshiroq e’tibor ber. Hozirgi paytda bizga Yunon, Rim va Fors falsafalari kirib bo‘lgan. Bu insonlarni chalg‘itib qo‘ymasligi uchun, men ularni Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ni tuzib ketgan usul uslub manhajlarida sobit turishlarini istayman. Shuning uchun falsafachilarga raddiya bo‘ladigan javoblarni hadislardan axtarishga va u hadislar borasidada chuqur tafakkur, bahs qilishga majburman. Lekin sen Madinada sahoba-tobeinlarni ichidasan. Shuning uchun ortiqcha kengchilikka xojating yo‘q. Ammo Iroqda esa, bizga qarshi har qanday hujumlarni to‘sish lozim. Shunga ko‘ra ilmni kengroq o‘rganmasak bo‘lmaydi” deb javob berdilar.

Allohim bizlarga ularning asarlarini to‘g‘ri tushunib o‘zlarimizni isloh qilishni nasib aylagin. Mazhabsizlikka barham bergin. Butun minglab kitoblarni yozib ham mazhabdan chiqmagan olimlar yo‘lini davomchisi bo‘lishni nasib aylagin.

Allohumma solli vasallim va barik alayh.

Toshkent islom instituti “Ijtimoiy fanlar”

kafedrasi kabinet mudiri

Urol Nazar Mustofo tayyorladi

Boshqa maqolalar

Rajab oyining ro‘zasini tutishni unutmang!

4.01.2025   9818   2 min.
Rajab oyining ro‘zasini tutishni unutmang!

HAROM OYLARDA RO‘ZA TUT!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil, harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil, harom (oy)larida ro‘za tut, so‘ngra tark qil, deb uch barmoqlarini bukib ochib ko‘rsatdilar” (Imom Abu Dovud rivoyati).

 

HADIS SHARHI

Ulamolar hadisni bunday sharhlaydilar: “Ushbu harom oy (ashhurul hurum)larda ro‘za tutishga da’vat etadi va uch kun ro‘za tutib, uch kun qoldirishga ishora qiladi. Rajab oyi ham harom oylardan biri hisoblanadi”.

 

HAROM OYLARI TO‘RTTADIR

Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qiladi: “Albatta, Allohning kitobida oylarning soni Allohning huzurida osmonlaru yerni yaratgan kuni o‘n ikki oy qilib belgilangan. Ulardan to‘rttasi (urush qilish) harom (oylar)dir” (Tavba surasi, 36-oyat).

 

BU OYDA RASULULLOH QANDAY RO‘ZA TUTARDILAR?

Usmon ibn Hakim roziyallohu anhu aytadi: “Said ibn Zubayrdan rajab oyida turganimizda bu oy ro‘zasi haqida so‘radim. U: “Ibn Abbosning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ro‘za tutar edilar, hatto og‘izlarini ochmasalar kerak, der edik. Og‘izlari ochiq bo‘lardi, hatto ro‘za tutmasalar kerak, der edik, deyayotganini eshitganman” dedi.

 

RAJAB OYIDA RO‘ZA TUTUVCHILARGA QASR QURILADI

Abu Qiloba roziyallohu anhu aytadilar: “Rajab oyida ro‘za tutuvchilar uchun jannatda bir qasr bor”.

 

BIR KUNLIK RO‘ZANING MUKOFOTI

Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bir banda Alloh yo‘lida bir kun ro‘za tutsa, o‘sha kungi ro‘zasi sababli Alloh uning yuzini do‘zaxdan yetmish yillik masofaga uzoq qiladi”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Termiziy rivoyati).

 

SAHARLIK-IFTORLIK VAQTI

06 yanvar – dushanba

Saharlik vaqti (og‘iz yopish): 06:24
Iftorlik vaqti: (og‘iz ochish) 17:12

 

QANDAY NIYAT QILINADI?

Niyati: Xolis Alloh uchun rajab oyining ro‘zasini tutishni niyat qildim.

 

Davron NURMUHAMMAD