Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Dekabr, 2025   |   13 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:08
Quyosh
07:32
Peshin
12:18
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
04 Dekabr, 2025, 13 Jumadul soni, 1447

Fiqh – kishi nima foydali va nima zararli ekani bilmog‘i va o‘rganmog‘idir

10.11.2016   5939   3 min.
Fiqh – kishi nima foydali va nima zararli  ekani bilmog‘i va o‘rganmog‘idir

2016 yil 5 noyabr kuni Buxoro shahar “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtida “Fiqh – kishi nima foydali va nima zararli  ekanini bilmog‘i va o‘rganmog‘idir” mavzusida bilim yurti fiqh fani mudarrisasi Husnugul Halimova boshchiligida hamda I va IV kurs talabalari tomonidan tashkillashtirgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

  1. Fiqhning inson hayotidagi o‘rni
  2. Fiqhiy masalalar
  3. Ixtilof va firqachilikka barham berish
  4. Turli fiqhiy masalalar, kabi fiqhiy masalalar davra suhbati kun

     Tartibidan  o‘rin oldi.

1-masala: Fiqhning inson hayotidagi o‘rni bo‘yicha bilim yurti 4-kurs talabalari bir qancha oyat va hadislardan dalillar orqali mohiyatni yoritib berishdi. 

2-masala: Fiqhiy masalalar bayonini esa bilim yurti 1-kurs talabalari sahna ko‘rinishi tarzida ifoda etishdi.

3-masala: Ixtilof va firqachilikka barham berish masalasini ham sahnalashtirgan holatda 3 mazhab Shofeiy, Molikiy va Xanafiy yo‘nalishidagi ixtilofiy masalalarni bilim yurti 4-kurs talabalari izohlab berishdi.

4-masala: Turli fiqhiy masalalar yuzasidan muammoli vaziyat tashkil qilinib, bir qancha ixtilofiy savollar bilan barcha davra suhbatida ishtirok etgan talabalarga murojaat qilindi. Aynan shu jarayon davrani yanada jonlantirdi hamda hamma bilim yurti talabalari va tashrif buyurgan mehmonlar faol ishtirok etishdi.

Davra suhbatiga taklif qilingan mehmon “Ma’naviyat sarchashmasi” gazetasi muharriri Dilorom Halimova ma’naviy ozuqa olganligini, bilim yurti talabalarining izlanuvchan va zukkoligini aytib o‘z hayratini yashira olmadi. Ilm olish uchun yaratilgan shart sharoitlardan unumli foydalangan holda doimo shukronalik kayfiyatida faoliyat olib borishlikni tiladi.

Davra suhbatiga faol ishtirok etgan talabalar bilim yurti ma’muriyati tomonidan faxriy yorlig‘ va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Husnugul Halimova, Bilim yurti mutaxassis fanlar uslubiy

birlashma raisasi, hamda fiqh fani mudarrisasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

     

 

 

 

 

Yangiliklar
Boshqa maqolalar
Videolar

Zulm zulmatdir

04.12.2025   961   1 min.

Azizxo‘ja domla Inoyatov, Mir Arab oliy madrasasi dots.nti

VIDEO