Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Yanvar, 2026   |   24 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:35
Shom
17:20
Xufton
18:38
Bismillah
13 Yanvar, 2026, 24 Rajab, 1447

“Haj – 2016” mavsumi boshlandi

24.08.2016   7541   2 min.
“Haj – 2016” mavsumi boshlandi

Fuqarolarimizni haj va umra ziyoratiga yuborish, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, Yurtboshimiz Farmonlari bilan tuzilgan “Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi” ning qarorlari va tavsiyalari asosida tashkil etilmoqda. O‘tgan yigirma besh yil mobaynida muborak safarlarni tashkil etish borasida katta yutuqlarga erishildi. Bugungi kunda bu ishlar yanada takomillashdi va ziyoratchilarimizga ko‘plab qulay sharoitlar yaratildi. Buning uchun Yaratganga cheksiz shukrlar qilishimiz darkor.

Bu yili ziyoratchilar “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining “BOING” rusumli havo kemalarida Toshkent, Namangan, Buxoro, Urganch, Qarshi va Samarqand shaharlaridan amalga oshirilishi rejalashtirilgan charter reyslarda 24 avgust - 4 sentyabr kunlari jo‘nab ketishadi,  17-28 sentyabr kunlari qaytib kelishadi.

Shunga ko‘ra, har yilgi tajribadan kelib chiqqan holda, ziyoratchilarimiz uchish vaqtlaridan 5 soat oldin safarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tuzilgan jadvalga muvofiq, “Novza” masjidiga yig‘ildilar. Ularga o‘z guruh rahbarlari tomonidan kerakli tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.

Ziyoratchilarni Toshkent xalqaro aeroportiga izzat-ikrom bilan shinam avtobuslarda olib borildi.

Bugun 24 avgust kuni O‘zbekiston haj delegatsiyasi, ishchi guruhi a’zolari, shifokorlar, oshpazlar va ziyoratchilardan iborat jami 450 dan ziyod ziyoratchilar ikki reysda Saudiya Arabistoni Podshohligiga jo‘nab ketdilar.

Ziyoratchilarimiz Madinai munavvarada “Masjid an-Nabaviy” dan uncha uzoq bo‘lmagan “Javharat Ar-Rashid” mehmonxonasiga, Makkai Mukarrama shahrida esa yangi qurilgan va zamonaviy jihozlangan hashamatli “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasiga joylashadilar. Ular 3 mahal milliy taomlar, issiq choy va yaxna ichimliklar bilan ta’minlanadi.

Haj arkonlari va hojilarimiz sharoitini yoritib berish uchun ishchi guruh tarkibidagi Toshkent islom universiteti “Ziyo” studiyasi vakillari tomonidan intervyu va reportajlar olinib,  “O‘zbekiston” telekanali orqali namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumki, Saudiya Arabistoni Haj vazirligi MDH mamlakatlari ichida O‘zbekistonda haj va umra ishlari shunday tartibli, namunali va havas qiladigan darajada tashkil etilganini mamnuniyat bilan e’tirof etmoqda.

Alloh taolo haj amallarini ado etish yo‘lida mol-dunyo sarflab, muqaddas maskanlar sari otlangan aziz yurtdoshlarimizni jonajon Vatanimizga, ota-onalari va farzandlari bag‘riga sog‘-salomat qaytishlarini nasib etsin, qiladigan haj ibodatlarini qabul etib, gunohlarini mag‘firat aylasin!

 O‘MI Xalqaro aloqalar bo‘limi

Yangiliklar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Mir Arab”da Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov yod etildi

13.01.2026   2957   1 min.
“Mir Arab”da Shayx Yusufxon to‘ra Shokirov yod etildi

Buxoro shahridagi Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida taniqli ulamo, shayx Yusufxon to‘ra Shokirov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan “Yusufxon to‘ra Shokirov – umrini islom ma’rifatiga bag‘ishlagan alloma” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Davra suhbatida ta’lim muassasasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mudir o‘rinbosari A.Najmiddinov, Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti o‘qituvchisi A.Hamidov, madrasa ustozlari va talabalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar allomaning ibratli hayot yo‘li va ilmiy merosi haqida to‘xtalib o‘tdilar. Ta’kidlanganidek, Yusufxon to‘ra Shokirov 1926 yili Qirg‘izistonning To‘qmoq shahrida tavallud topgan bo‘lib, ilm yo‘lidagi dastlabki qadamlarini mashhur “Mir Arab” madrasasida (1948–1954 yillar) boshlagan. Keyinchalik Misrning dunyoga mashhur “Al-Azhar” universitetida (1955–1961 yillar) tahsil olib, yuksak ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan.

Yusufxon to‘ra Shokirov o‘z faoliyati davomida nafaqat ma’muriy mas’ul lavozimlarda ishlagan, balki Mir Arab madrasasi va Toshkent islom institutida ko‘plab shogirdlar tarbiyalagan. Uning qalamiga mansub:

· “Qissasi Rabg‘uziy kitobidagi oyat va hadislar”,

· “Islom – iymon, e’tiqod va hayot ramzi” kabi monografiyasi,

· “Alisher Navoiy asarlarining izohli lug‘ati” kabi ilmiy ishlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlarni buyuk ulamolarning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish, ularda ilmga muhabbat va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdan iborat.

Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar bilan yakunlandi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob oldilar.

A.Najmiddinov

 

Idora faoliyati