Kecha, 30 iyul kuni, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Prezident maslahatchisi Muzaffar Kamilov, Din ishlari bo‘yicha qomita raisi Sodiq Toshboyev, diniy-ma’rifiy soha tashkilot rahbarlari hamda qo‘mita xodimlari ishtirok etdi.
Narbayeva tomonidan, so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohada yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, soha vakillariga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng, tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Prezident maslahatchisi Muzaffar Kamilov tomonidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan G‘ulomovani boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimdan ozod qilish to‘g‘risidagi hamda Matluba Kahhorovani Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori o‘qib eshittirildi.
Tadbir yakunida Dilbar G‘ulomovaga Qo‘mita raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati
"O‘zbekiston – 2030" strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani ma’lum qilingan edi.
Aholining faol ishtiroki bilan bu Strategiya xalqchil strategiyaga aylanmoqda.
Salkam bir oy davomida 3 ming 200 dan ziyod fikr-mulohazalar kelib tushdi. Jumladan, notarial xizmatlarni onlayn tarzda ko‘rsatish ulushini amaldagi 5 foizdan 30 foizga yetkazish to‘g‘risidagi taklif Strategiya loyihasiga kiritildi.
Jamoatchilik muhokamasi ertaga, 28 yanvar kuni yakunlanadi. Taklif bildirishga ulgurib qoling!