Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Dekabr, 2025   |   12 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:31
Peshin
12:18
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
03 Dekabr, 2025, 12 Jumadul soni, 1447

Onam bemor bo‘lsa ham...

10.10.2024   6966   2 min.
Onam bemor bo‘lsa ham...

Bir kuni o‘g‘il bemor onasini ko‘chadan uyga olib kirayotganida ona:
– Meni qo‘yib yubor, sayr qilishni xohlayman, – dedi.
O‘g‘il:
–  Onajon, uyga kiring, ovqatlanib oling, keyin o‘zim sizni aylantirib kelaman, – dedi.
Ona: 
–  Yo‘q, hoziroq ko‘chaga chiqqim kelyapti, – dedi. 
Bu holatni kuzatib turgan kelin: 
–  Yana ko‘chaga chiqib ketibdilar. Ishqilib qo‘shnilar ko‘rmagan bo‘lsin-da, – dedi.
Ona xarxasha qilishda davom etdi. 
O‘g‘il esa onasini oshxonaga kuzatib qo‘ydi. So‘ngra hovlining bir chetida o‘yga toldi. Shunda ayoli kelib: 
– Dadasi, siz ham ishingizdan qolib ketyapsiz. Men ham uy-ro‘zg‘ordan ortmay onajonga qaray olmayapman. Keling, onajonni biror kasalxonagami yo qariyalar uyiga joylashtiraylik. Ular bizdan ham yaxshi qarashadi. Siz ham, men ham bir tashvishdan qutulamiz.  
Shunda o‘g‘il: 
–  Chamasi 6 yosh edim. Onam kechki ovqat tayyorlash uchun sabzi artayotganlarida bexos barmoqlarini kesib oldi. Shunda onam qo‘llarini bog‘lab, hech narsa bo‘lmaganday ishida davom etdi. Bir kuni men ham barmog‘imni kesib oldim. Buni ko‘rgan onam chiday olmay, oldimda parvona bo‘ldi. Shifokorga borib kerakli muolajalarni qilgach, ko‘ngillari xotirjam tortdi. Shunda bildimki, onam barmoqlarini kesganlarida etlari, mening barmog‘im kesilganda esa yuraklari kesilgandek bo‘lgan ekan. Yoshligimdan onam oq yuvib, oq taradilar. Endi navbat meniki, – dedi.
O‘g‘il so‘zida davom etib: 
–  Sen onamdan uyalib “qo‘shnilar nima der ekan” desang, men onamni ijaraga uy olib bo‘lsa ham qarayman. Bilaman, ro‘zg‘orning yuki mening zimmamda. Uni ham qilaman. Lekin onamning taqdiri ertaga sening boshingga tushmasmikin?! Shundan qo‘rqaman. Onam bemor bo‘lsa ham doim yonimda, shundan baxtiyorman.   

 Akbarshoh RASULOV, 
tarjimasi

Boshqa maqolalar

Parvardigoro, meni yerga quvg‘in qilib la’natlading, endi uyim qayer bo‘ladi?

01.12.2025   3659   2 min.
Parvardigoro, meni yerga quvg‘in qilib la’natlading, endi uyim qayer bo‘ladi?

Bir hadisda keltirilibdi:

“Shayton yerga quvg‘in qilinganidan so‘ng so‘radi:

– Parvardigoro, meni yerga quvg‘in qilib la’natlading, endi uyim qayer bo‘ladi?

Yaratgan:

– Sening uying hammomdir, – dedi.

Iblis yana:

– Majlisgoh ham ber, – dedi

Parvardigor:

Majlisgohing bozorlar va odamlar yig‘iladigan yo‘l bo‘ylari, – dedi.

Shayton yana:

Ovqatim nima bo‘ladi? – deb so‘radi.

 Parvardigor:

Allohning ismi aytilmay yeyilgan taom, – dedi.

Shayton:

Ichimlik ham ber, – dedi.

Alloh:

Mast qiluvchi ichimliklarning bari sening ichadigan “suv”ingdir, – dedi.

Shayton yana:

Mening ham muazzinim bo‘ladimi? – deb so‘radi.

Yaratgan:

Seni muazzining cholg‘u asboblari, – dedi.

 Shayton:

Kitobimchi? – dedi.

Parvardigor:

– Sening kitobing she’ru qo‘shiqlar, – dedi.

Shayton:

– Yozuvim-chi? – deb so‘radi.

Parvardigor:

Sening yozuving vashm (igna bilan badanga yozish), – dedi.

Shayton:

Menga kalom ham berasanmi? – deb so‘radi.

Parvardigor:

Barcha yolg‘onlar sening kaloming bo‘ladi, – dedi.

 Shayton:

Meni elchilarim ham bo‘ladimi? – deb so‘radi.

 Alloh:

Folbinu bashoratchilar sening elchilaring – dedi.

Iblis:

Menga ilintiradigan tuzoq ham ber, – deb so‘radi.

Alloh:

Ayollar seni tuzog‘ing bo‘ladi – deb javob berdi” (Abu Umomadan rivoyat qilingan, Tabaroniy rivoyati).

“Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.