Cavol: Zarurat tug‘ilib qolsa, bir kishining o‘zi ham azon aytib, ham imomlikka o‘tishi mumkinmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, mumkin. Fuqaholarimiz buni joiz, balki afzal ham deyishgan. “Raddul muhtor” muallifi bu haqda quyidagilarni aytganlar:
“Imomning muazzin bo‘lib, azon aytishi afzaldir. “Ziyo” kitobida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarda o‘zlari azon va takbirni aytib, peshinni o‘qiganlari rivoyat qilingan. Biz bu hadisni “Xazoin”da tahqiq qilganmiz”. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi
Uydan faqirlikni quvishda Ixlos surasini o‘qish haqida
Sahl ibn Sa’d Su’adiy roziyallohu anhudan rivoyat qiladi, ansorlardan bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib faqirlik va yashash qiyinligidan shikoyat qildi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: “Uyingga kirsang, uyda biron kim bo‘lsa salom ber. Hech kim bo‘lmasa menga salovot ayt va “Qul huvallohu ahad”ni bir marta o‘qi”, dedilar.
U kishi shunday qilgandi, Alloh taolo unga mo‘l rizq ato etdi, rizqini ko‘payib berdi va hatto (orttirib) qo‘shnilariga ehson qila boshladi.
“Tafsiri Abul futuh” va “Mustadrok”dan