Sayt test holatida ishlamoqda!
27 May, 2025   |   29 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:55
Peshin
12:25
Asr
17:31
Shom
19:49
Xufton
21:23
Bismillah
27 May, 2025, 29 Zulqa`da, 1446

“YIL IMOMI – 2024” TANLOVI BOSHLANDI (FOTOLAVHA)

13.11.2024   4283   1 min.
“YIL IMOMI – 2024” TANLOVI BOSHLANDI (FOTOLAVHA)

Ayni paytda Respublikamizdagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan imomlar o‘rtasida “Yil imomi – 2024”  ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi boshlandi. 

Unda mazkur musobaqaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan imom-domlalar o‘zaro bellashmoqda.

 Nufuzli ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini taniqli ulamo va tajribali ustozlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan adolat mezonlari asosida munosib baholab borilmoqda. 

Tanlov tafsilotlarini sayt va ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzatib boring.   

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 MUSLIM.UZ

#xabar #yil_imomi #tanlov #final

“YIL IMOMI – 2024” TANLOVI BOSHLANDI (FOTOLAVHA) “YIL IMOMI – 2024” TANLOVI BOSHLANDI (FOTOLAVHA) “YIL IMOMI – 2024” TANLOVI BOSHLANDI (FOTOLAVHA) “YIL IMOMI – 2024” TANLOVI BOSHLANDI (FOTOLAVHA) “YIL IMOMI – 2024” TANLOVI BOSHLANDI (FOTOLAVHA) “YIL IMOMI – 2024” TANLOVI BOSHLANDI (FOTOLAVHA) “YIL IMOMI – 2024” TANLOVI BOSHLANDI (FOTOLAVHA) “YIL IMOMI – 2024” TANLOVI BOSHLANDI (FOTOLAVHA) “YIL IMOMI – 2024” TANLOVI BOSHLANDI (FOTOLAVHA)
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Samarqand Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

27.05.2025   3259   1 min.
Samarqand Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim bin Muhammad Al-Malik O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi. Bu haqda “Al-Arabiya” nashri yozgan.


Muloqot davomida kengayib borayotgan hamkorlik holati yuzasidan atroflicha fikr almashilgan. ICESCO tomonidan amalga oshirilayotgan istiqbolli tashabbuslar, jumladan 2025 yil Samarqand shahri Islom dunyosining madaniyat poytaxti sifatida nishonlanishi ta’kidlandi.


“Islom olami madaniy merosi: xattotlik, musiqa, she’riyat va hamjihatlik” mavzusidagi  anjumanda yuqori darajadagi rasmiylar, jumladan ICESCO tarkibidagi davlatlar madaniyat vazirlari, xalqaro tashkilot va muassasalar mas’ullari ishtirok etishiga urg‘u berildi.


Shu munosabat bilan ICESCO Bosh direktori doktor Salim bin Muhammad Al-Malik bir yil davomida ICESCO tomonidan respublikamizning tegishli vazirlik, idoralari bilan birgalikda tashkil etiladigan boy, rang-barang dasturlar, tadbirlar tashkil etilishi, tashabbuslar ilgari surilishiga e’tibor qaratdi. Bu sa’y-harakatlar shaharning betakror madaniy-tarixiy merosini ta’kidlash, islom olami sivilizatsiyasidagi yetakchilik rolini yana bir bor tasdiqlashdan iborat. 


Muharrama Pirmatova, O‘zA

O'zbekiston yangiliklari