Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Iyul, 2025   |   12 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:57
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:38
Bismillah
07 Iyul, 2025, 12 Muharram, 1447

Samarqand tumanida sayyor yig‘ilish va uning doirasida uchrashuv va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi

11.12.2024   29504   2 min.
Samarqand tumanida sayyor yig‘ilish va uning doirasida uchrashuv va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi

2024 yil 10 dekabr kuni navbatdagi sayyor yig‘ilish Samarqand tumanida tashkil qilindi. Tumandagi mavjud 6 ta masjid imom-xatiblari va imom-noiblari hamrohligida viloyatdagi 16 ta shahar va tuman bosh imom xatiblari  tumandagi 18 ta mahallalarga tarqalib, joylarda aholining kam ta’minlangan va notinch oilalarga tashrif buyurdi.

Shuningdek, mahalla markazlarida uyushmagan yoshlar bilan suhbatlar tashkil qilindi. Har bir mahalladagi fuqarolar soni, ijtimoiy holati va muammolari tahlil qilindi. Shu bilan bir qatorda, viloyat ishchi guruhi Samarqand tumanidagi 6 ta masjidda Peshin namozini o‘qib, yig‘ilgan namozxonlarga “Tinchlik-eng oliy nemat”, “Qo‘shnichilik haqlari”, “Ne’matlarga shukronalik”, “Farzandlar tarbiyasiga e’tiborli bo‘laylik”, “Oilangizni asrang”, “Yot g‘oyalarga aldanmang” va shu kabi bugungi kundagi dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar qildilar hamda ularning muammo va takliflarini tingladilar. Ish jarayonidagi holatlar ishchi guruh tomonidan dalolatnoma asosida xatlandi.

Viloyat vakilligi mutaxassisi X.Temirov Samarqand tumanidagi “Xo‘ja Axrori valiy” jome masjidida tumanda rasmiy faoliyat olib borayotgan mahalla mullolari va otinoyilari bilan faoliyatlarini yanada jadallashtirish, mahalla mullolarining nikohlarni o‘qimasligi, mahalla mullolari va oitnoyilar uchun xaftaning har Shanba kuni MFY raislari hamda faollari bilan hamkorlikda aholi bilan ishlash kuni etib belgilash, ularning aholi bilan “Sabr toqat”, “Iymon e’tiqod”, “Ibo hayo”, “Ayollar o‘rtasida ichkilikning oldini olish”, “Ta’lim tarbiya”, “Bid’at-xurofot”, “Ajrimlarning oldini olish”, “Ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik” va “Jinoyatchilikning oldini olish” kabi ko‘proq ma’rifiy suhbatlar tashkil qilish hamda soha xodimlarining avvalo o‘zlari xalqqa namuna bo‘la olishlari borasida davra suhbati o‘tkazdi. Shundan so‘ng, H.Temirov va Samarqand shahar bosh imom-xatibi Z.Mahmudovlar mazkur masjidda jamoat bilan Peshin namozini ado qildilar va namozdan so‘ng Samarqand shahar bosh imom-xatibi Z.Mahmudov jamoatga “Allohning ne’matlariga shukr qilishlik” mavzusida mazmunli ma’ruza qilib berdilar.

Mazkur tadbirlardan so‘ng, ushbu sayyor uchrashuvda ishtirok etgan diniy soha xodimlari bilan tahliliy yig‘ilish tashkil qilindi. Unda Samarqand tumanidagi mahallalarda o‘rganilgan muammolar, tumanda diniy sohadagi yutuq hamda kamchiliklar va namozxonlar tomonidan qilinayotgan shikoyatlar muhokama qilindi. Mazkur yig‘ilishga viloyat vakilligi mutaxassisi X.Temirov va tuman bosh imom-xatibi B.Sharipov bevosita bosh bo‘ldilar. O‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda aholining turli qatlamlaridan o‘rganilgan kamchilik va muammolar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ijroga yo‘naltirish choralari muhokama qilindi. Shuningdek, diniy soha xodimlariga rahbarlar tomonidan aholining muammolarini yanada chuqurroq o‘rganib, ularni bartaraf etish, ular bilan yanada yaqinroq ishlash, sohaning rivojini yanada takomillashtirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Samarqand tumanida sayyor yig‘ilish va uning doirasida uchrashuv va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi Samarqand tumanida sayyor yig‘ilish va uning doirasida uchrashuv va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi Samarqand tumanida sayyor yig‘ilish va uning doirasida uchrashuv va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi Samarqand tumanida sayyor yig‘ilish va uning doirasida uchrashuv va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi Samarqand tumanida sayyor yig‘ilish va uning doirasida uchrashuv va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi Samarqand tumanida sayyor yig‘ilish va uning doirasida uchrashuv va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi
Boshqa maqolalar

Yetkazib berish kechikkani sababli qo‘shimcha taom berish

07.07.2025   2427   1 min.
Yetkazib berish kechikkani sababli qo‘shimcha taom berish

Savol: Ba’zi yemakxonlar taom yetkazib  berishni kechiktirgani uchun buyurtmadan tashqari qo‘shimcha taom taqdim etar ekan. Shu ish joizmi? Agar reklamada qo‘shimcha bepul taom berish emas, balki yetkazib berilgan taomning pulini olmaslik aytilgan bo‘lsa, hukm qanday bo‘ladi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym.

1. Taomga buyurtma berish bitimi shariatdagi istisno’, ya’ni buyurtma asosida ma’lum mahsulotni tayyorlab berish shartnomasiga to‘g‘ri keladi. Agar savoldagi shart faqat reklamada aks etib, buyurtma jarayonida alohida bunday shart qo‘yilmasa, sotuvchi tarafidan berilgan bu va’da joiz hisoblanadi va unga vafo qilishi kerak bo‘ladi.

Agar buyurtma berishda yetkazib berish kechikishi sababli qo‘shimcha taom berish sharti qo‘yilsa, bu shartnomaning bir qismiga aylanadi. Bitimdagi bunday shart moliyaviy jarima sanaladi. Mahsulot tayyorlab berish (istisno’) bitimida sotuvchiga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llashga ruxsat etiladi.

Demak, qo‘shimcha bepul taom berish va’da ko‘rinishida bo‘lsa ham, shartnomada aks etgan bo‘lsa ham joiz ekan.

2. Yetkazib berish kechiksa, buyurtma qilingan taomning pulini olmaslik faqat reklamada aks etib, buyurtma jarayonida bunday shart qo‘yilmasa, bu ham sotuvchi tarafidan berilgan va’da bo‘ladi va joiz hisoblanadi. Ammo buyurtma berish jarayonida yuqoridagi shart qo‘yilsa, bu shartnomaning bir qismiga aylanadi. Shartnomada esa buyurtma summasidan voz kechish shartini qo‘yish durust emas.

Demak, buyurtma qilingan taomning pulini olmaslik va’da ko‘rinishida bo‘lsa joiz, bitimda shart qilinsa, joiz emas. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi