Sayt test holatida ishlamoqda!
29 May, 2025   |   2 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:13
Quyosh
04:54
Peshin
12:25
Asr
17:32
Shom
19:51
Xufton
21:25
Bismillah
29 May, 2025, 2 Zulhijja, 1446

Ka’baning soat miliga teskari tarzda tavof qilinishiga 8 sabab

12.12.2024   2887   1 min.
Ka’baning soat miliga teskari tarzda tavof qilinishiga 8 sabab

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Tavof qilish asosan haj yoki umra ibodati vaqtida Ka’ba atrofida yetti marta aylanish bilan ado qilinadi. Bundan tashqari vaqtlarda ham Masjidul Haromda bo‘lgan ziyoratchilar tavof bilan mashg‘ul bo‘ladilar, chunki tavof Ka’ba yonida bo‘lgan inson uchun namozga teng ibodatdir. Ushbu ibodat soat mili aylanishiga teskari shaklda amalga oshiriladi.

Bu bir nechta ilmiy sabablar bilan muvofiq keladi:

  1. Qon inson tanasida soat miliga teskari yo‘nalishda aylanadi;
  2. Atom elektronlari yadro atrofida soat miliga teskari yo‘nalishda harakatlanadi;
  3. Oy o‘z o‘qi atrofida soat miliga teskari yo‘nalishda aylanadi;
  4. Yer o‘z o‘qi atrofida soat miliga teskari yo‘nalishda aylanadi;
  5. Yer Quyosh atrofida soat miliga teskari yo‘nalishda aylanadi;
  6. Quyosh sistemasi sayyoralari Quyosh atrofida soat miliga teskari yo‘nalishda aylanadi;
  7. Quyosh va butun quyosh tizimi galaktikada soat miliga teskari yo‘nalishda harakatlanadi;
  8. Barcha galaktikalar fazoda soat miliga teskari harakatlanadi.

Bundan ma’lum bo‘ladiki, biz ham Ka’bani tavof qilganimizda butun olam bilan bir yo‘nalishda harakatlanamiz.

Biz ham Ka’ba atrofida Odam alayhissalomdan tortib Muhammad sollallohu alayhi va sallamgacha bo‘lgan barcha payg‘ambarlar tavof qilgan tarzda aylanamiz.

 

Po‘latxon Kattayev,
TII Hadis va Islom tarixi fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi.

Boshqa maqolalar

Duoingiz qabul bo‘lmasligining 10 sababi

26.05.2025   3188   2 min.
Duoingiz qabul bo‘lmasligining 10 sababi

Ibrohim ibn Adham Basrada ekanliklarida u kishini odamlar qurshab olishib: “Nimaga biz duo qilsak ijobat bo‘lmayapti? Holbuki, Alloh taolo: «Parvardigoringiz: “Menga duo qilingiz, Men sizlar uchun (duolaringizni) ijobat qilay!” dedi...»[1], deyishdi.

Ibrohim ibn Adham javob berib aytdilar: “Ey Basra ahli, o‘n narsa sababli qalblaringiz o‘lib bo‘lgan bo‘lsa, qanday qilib duolaringiz ijobat bo‘lsin?!

1. Allohni tanib turib, Uning haqqini ado qilmaysiz.
2. Qur’onni o‘qib turib, unga amal qilmaysiz.
3. Rasulullohning muhabbatlariga da’vogar bo‘la turib, u zotning sunnatlarini tashlab qo‘yasiz.
4. Shaytonning dushmanligini aytasiz-u, o‘zinigiz unga itoat qilasiz.
5. Jannatga kirishga da’vogarsiz-u, buning uchun amal qilmaysiz.
6. Jahannamdan qutulish da’vosida bo‘la turib, o‘zingizni unga uloqtirasiz.
7. O‘lim haq deb turib, unga tayyorgarlik ko‘rmaysiz.
8. O‘zingizning kamchiliklaringiz qolib, boshqalarning ayblari bilan ovorasiz.
9. O‘liklarni ko‘masizlar-u, undan ibrat olmaysiz.
10. Allohning ne’matlarini yeb, shukr qilmaysiz”.

Duolarimiz ijobat bo‘lishini xohlasak, ushbu o‘n narsa borasida nafsimizni tergab, hisob-kitob qilishimiz darkor ekan.

Qalbingiz qalblarning qay bir toifasidan?!

Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Qalblar to‘rt turlidir: (Birinchisi) Nur taratadigan chirog‘i bor sof qalb. (Ikkinchisi) G‘ilofli qulflangan qalb. (Uchinchisi) Teskari qalb. (To‘rtinchisi) Ikki tomonli qalb. Sof qalbga kelsak, u mo‘minning qalbi bo‘lib, uning chirog‘i nuridir. G‘ilofli qalb esa kofirning qalbidir. Teskari qalb munofiqning qalbi bo‘lib, u tanib, so‘ng inkor qilgan qalbdir. Ikki tomonli qalb esa o‘zida iymon va munofiqlikni jamlagan qalbdir. Undagi iymon pokiza suv bilan o‘sadigan o‘simlikka o‘xshaydi. Undagi munofiqlik esa qon va yiring bilan kattalashadigan yaraga o‘xshaydi. Qaysi biri ko‘p bo‘lsa, shunisi ustun keladi”[2].

Mustafo Sodiq Rofiiy rahmatullohi alayh: “Eng katta xato – atrofingni tartibga solib, qalbingni nazoratsiz tashlab qo‘yishingdir”, deganlar.

 


[1]  G‘ofir surasi, 60-oyat.
[2]  Ibn Kasir rivoyati, Isnodi jayyid hasan.