Bismillahir Rohmanir Rohiym
Tavof qilish asosan haj yoki umra ibodati vaqtida Ka’ba atrofida yetti marta aylanish bilan ado qilinadi. Bundan tashqari vaqtlarda ham Masjidul Haromda bo‘lgan ziyoratchilar tavof bilan mashg‘ul bo‘ladilar, chunki tavof Ka’ba yonida bo‘lgan inson uchun namozga teng ibodatdir. Ushbu ibodat soat mili aylanishiga teskari shaklda amalga oshiriladi.
Bu bir nechta ilmiy sabablar bilan muvofiq keladi:
Bundan ma’lum bo‘ladiki, biz ham Ka’bani tavof qilganimizda butun olam bilan bir yo‘nalishda harakatlanamiz.
Biz ham Ka’ba atrofida Odam alayhissalomdan tortib Muhammad sollallohu alayhi va sallamgacha bo‘lgan barcha payg‘ambarlar tavof qilgan tarzda aylanamiz.
Po‘latxon Kattayev,
TII Hadis va Islom tarixi fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Buxoroda yangi Islomiy ilmiy-tadqiqot markazi – Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi!
2025 yil 21 apreldagi Muhtaram Prezidentimizning Farmoniga asosan tashkil etilgan mazkur Markaz Adliya vazirligi tomonidan rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Yangi Markaz islom dinining buyuk arbobi, Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband hazratlari ziyoratgohi hududida joylashgani bilan alohida ahamiyatga ega.
Bugungi kunda Naqshbandiya tariqati dunyoda eng ko‘p yoyilgan tariqatlardan biri bo‘lib, millionlab mo‘min-musulmonlar tomonidan amal qilinadi. Shu bois, Bahouddin Naqshband ziyoratgohiga har yili minglab ziyoratchilar tashrif buyuradi.
Markaz direktori etib "Chor Bakr" masjidi imom-xatibi, Islomshunoslik fanlari bo‘yicha PhD, dots.nt Azizxo‘ja Xayrulloyevich Inoyatov tayinlandi.
Alloh taolo bu Markazni yangi O‘zbekistonimiz uchun muborak qilsin! Ulug‘ ajdodlarimizning ma’naviy merosini o‘rganish va tarqatishda bu Markazga barakotlar ato etsin!