Sayt test holatida ishlamoqda!
28 May, 2025   |   1 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:54
Peshin
12:25
Asr
17:31
Shom
19:50
Xufton
21:24
Bismillah
28 May, 2025, 1 Zulhijja, 1446

Ona va ojiz bola

18.12.2024   16185   2 min.
Ona va ojiz bola

Bir bola avto halokat sabab ko‘zi ojiz bo‘lib qoldi. U shifoxonadan uyiga qaytarkan, to‘satdan ostanada yiqilib tushdi. Shu payt ona o‘g‘liga nasihat qildi: 

– Bolam, shifokorlar hech nima qila olmasliklarini aytishdi. Shunday ekan, yashash uchun kurashishimiz kerak. 

O‘g‘il:
– Ha, onajon, bilaman, – deya ko‘ziga yosh oldi u. 

Ona:
– O‘g‘lim, yig‘lashni bas qil. Yolg‘iz qolsang, senga hech kim mehribonlik qilmaydi. Shuning uchun ko‘z yoshingni art. 

O‘g‘il:
– Xo‘p, onajon! 

Ona:
– Men senga faqat bir marta xato qilsang, yordam beraman. Qolganiga o‘zing harakat qilishing kerak. Qani tur o‘rningdan. Yodingda tut. Seni qo‘zing ojiz bo‘lishi mumkin, ammo nodon emassan. Bu xonada nimalar borligi esingdami? 

O‘g‘il:
– Ha. 

Ona:
– Unday bo‘lsa, aqlingni ishlat. Butun borliqqa diqqatli bo‘l va qo‘llaringni ishga sol. Ona o‘g‘lini qo‘llaridan tutib uy tomonga yuzini qaratdi.
So‘ngra:

– Qo‘llaringni cho‘z va u sening ko‘zlaring ekanini tasavvur qilgin, – dedi. O‘g‘il xonani paypaslab, yana yiqilib tushdi va “Voy, onajon, qayerdasiz, menga yordam bering”, deya baqirdi. 

Ona bir chetda o‘g‘lini ko‘zlarida yosh bilan kuzatardi. O‘g‘il ancha vaqt o‘ziga kelmay, ko‘z yosh to‘kdi. Ona ham bir chetda uni kuzatganicha fig‘on chekdi. Shunda o‘g‘il yon-atrofdagi ovozlarga e’tibor qarata boshladi. Tashqaridan kelayotgan mashinalar, qaynab turgan choynak va yig‘lab turgan onasining ovozini eshitib, o‘rnidan turib, onasi tomon kela boshladi. Ona o‘g‘lini qattiq bag‘riga bosdi. 

O‘g‘il:
– Onajon, nega yig‘layapsiz?  

Ona:
– Baxtiyorligimdan, chunki sen mustaqil bo‘la boshlading. – deya javob berdi. 

Azizim, bizning-chi? Ko‘zimiz ko‘ryapti, oyog‘imiz yuryapti, qo‘llarimiz ishlab turibdi. Alhamdulillah, behisob ne’matlar ichidamiz. Biroq qanchadan-qancha odamlar bu dunyoni ko‘rishga, ovozlarni eshitishga, bir bor bo‘lsa-da o‘z oyog‘i bilan yurishga orzumand. Shunday ekan, ALLOH tomonidan bizga berilgan ne’matlarga shukr qiling. Ularni qadriga yeting.  
 

Akbarshoh RASULOV

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Rabbimqul domlaning yaqinlariga hamdardlik bildirildi

26.05.2025   10046   1 min.
Rabbimqul domlaning yaqinlariga hamdardlik bildirildi

Bugun, 26 may Madinai Munavvaradagi Masjidu Nabaviyda janoza namozi o‘qilib, "Baqi’" qabristoniga dafn etilgan marhum ustoz  Rabbimqul domla Muhammadiyevning xonadonlariga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, shayx, mufti Nuriddin Xoliqnazar haziratlarining ta’ziyalarini yetkazish uchun Toshkent shahar bosh imom-xatibi  hamda shahar imom-xatiblari tashrif buyurdilar. Ular marhumnmng yaqinlariga hamdardlik bildirib ustoz Rabbimqul domlaning din yo‘lida qilgan xizmatlarini, ezgu amallari va fazilatlarini eslab o‘tdilar.
 

Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, marhum ustoz haqlariga bag‘ishlandi.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.


«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Toshkent shahar vakilligi 

Matbuot xizmati


 

Rabbimqul domlaning yaqinlariga hamdardlik bildirildi Rabbimqul domlaning yaqinlariga hamdardlik bildirildi Rabbimqul domlaning yaqinlariga hamdardlik bildirildi Rabbimqul domlaning yaqinlariga hamdardlik bildirildi Rabbimqul domlaning yaqinlariga hamdardlik bildirildi Rabbimqul domlaning yaqinlariga hamdardlik bildirildi
O'zbekiston yangiliklari