Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Dekabr, 2025   |   12 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:31
Peshin
12:18
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
03 Dekabr, 2025, 12 Jumadul soni, 1447
Yangiliklar

DTM mas’ul xodim va o‘qituvchilariga malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

03.01.2025   14721   1 min.
DTM mas’ul xodim va o‘qituvchilariga malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

Bugun, 3 yanvar kuni Toshkent islom institutida Diniy idora tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlari, o‘quv-uslubiy va yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limlari boshliqlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursi boshlandi. 

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Oliy ma’had rektori Uyg‘un G‘afurov, Diniy idora mutaxassisi Muhammadamin Nasriyev va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Husanboy Qirg‘izov ishtirok etib, mazkur malaka oshirish kursining ahamiyati xususida so‘z yuritishdi. 

Tadbirda mutasaddi vakillar malaka oshirish mashg‘ulotlari diniy ta’lim muassasalarining o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik usullarni joriy qilish, ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qilishi, o‘quv mashg‘ulotlari maxsus o‘quv reja va dars jadvali asosida zamonaviy axborot texnologiyalari va interfaol usullardan foydalangan holda o‘tkazilishi aytib o‘tildi.  

Ma’lumot o‘rnida, ana shunday malaka oshirish kursalari shu yil 3–7 yanvar kunlari diniy ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilar uchun Toshkent, Buxoro va hududlardagi ta’lim muassasalarida ham o‘tkazilmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

DTM mas’ul xodim va o‘qituvchilariga malaka oshirish o‘quvlari boshlandi DTM mas’ul xodim va o‘qituvchilariga malaka oshirish o‘quvlari boshlandi DTM mas’ul xodim va o‘qituvchilariga malaka oshirish o‘quvlari boshlandi DTM mas’ul xodim va o‘qituvchilariga malaka oshirish o‘quvlari boshlandi DTM mas’ul xodim va o‘qituvchilariga malaka oshirish o‘quvlari boshlandi DTM mas’ul xodim va o‘qituvchilariga malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ularga Islom haqida hech narsa demagan edik

03.12.2025   32   1 min.
Ularga Islom haqida hech narsa demagan edik

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Shayx Abdurahmon Sumaytning mashinasi shahardan uzoqroq joyda buzilib qoladi. Uning oldidan italiyalik pastor bir nechta hamrohlari bilan o‘tib qoladi. Shayx ulardan yordam so‘raydi. Ular shayxga masxaraomuz qilib: “Muhammadga ayt, yordam bersin!” deb o‘tib ketishadi.

Shayx mashinasini tuzatib yo‘lda davom etadi. Tasodifni qarangki, yo‘lda o‘sha pastorning mashinasi buzilib qoladi. Shayx yonidagi yosh hamrohlari bilan birgalikda uning mashinasini tuzatishga yordamlashib yuboradi. Pastor xijolatdan terning ostida qoladi. Shayx Sumayt unga: Bu yaxshilikni biz o‘zimizcha qilmayapmiz, uni bizga Payg‘ambarimiz alayhissalom o‘rgatganlar”, deydi.

Keyinchalik shayx Sumaytga o‘sha mashinadagi barcha nasroniylarning musulmon bo‘lgani xabari yetib keladi. Shayx: Biz ularga Islom haqida hech narsa demagan edik, deya xotirlaydi, Alloh uni rahmat qilsin!

Allohga bo‘lgan da’vatda biz naqadar bu kabi ishlarga muhtojmiz!

 

Abdulazim AKROM,
Toshkent Islom instituti talabasi.

Maqolalar