Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyul, 2025   |   22 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:05
Peshin
12:34
Asr
17:39
Shom
19:58
Xufton
21:30
Bismillah
17 Iyul, 2025, 22 Muharram, 1447
Yangiliklar

Diniy idora rahbarlari amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lishdi

04.02.2025   16479   1 min.
Diniy idora rahbarlari amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lishdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi 4 fevral kuni Buxoro shahrida o‘tkazildi. 
Tadbirlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosarlari Zayniddin domla Eshonqulov va Obidjon domla Qodirov boshchiligida bo‘lib o‘tmoqda.

Dastlab, “Mir Arab” oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassislari, viloyat vakilligi xodimlari, shuningdek, “Haj-2024” hojilari va mahalla raislari ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.
Tadbir davomida ishchi guruh a’zolari hamda imom-xatiblar, shu bilan birga otinoyilar o‘zlariga biriktirilgan mahalla hududidan “Haj-2024” ziyoratchisini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etishdi. Muammoli xonadonlarga kirilib, hol-ahvol so‘raldi. Imom-xatiblar 7 toifaga mansub 160 ta oilaga, otinoyilar 4 toifaga mansub 16 ta oilaga, umumiy hisobda 176 ta oilaga ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot hamda amaliy yordam qilindi.

***

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining Buxoroga tashrifi doirasida muftiy o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov Mir Arab oliy madrasasi talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar borasida ham so‘z borib, yuksak darajada ekani va buning shukri faqat ilm olish bilan ado etilishi haqida so‘z ketdi.

***

Mir Arab oliy madrasasining ustoz va talabalari tomonidan chiqarilayotgan videochiqishlar sifatini yanada oshirish maqsadida ovoz yozish va tasvirga olish studiyasi zaruriy texnik jihozlar bilan ta’minlandi.
Zayniddin domla Eshonqulov madrasasidagi tasvirga olish xonasi bilan ham tanishib, mediamarkaz faoliyatiga xayr tilab duo qildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Diniy idora rahbarlari amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lishdi Diniy idora rahbarlari amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lishdi Diniy idora rahbarlari amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lishdi Diniy idora rahbarlari amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lishdi Diniy idora rahbarlari amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lishdi Diniy idora rahbarlari amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lishdi Diniy idora rahbarlari amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lishdi Diniy idora rahbarlari amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lishdi Diniy idora rahbarlari amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lishdi Diniy idora rahbarlari amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lishdi Diniy idora rahbarlari amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lishdi Diniy idora rahbarlari amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lishdi Diniy idora rahbarlari amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lishdi Diniy idora rahbarlari amaliy tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘lishdi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Yomon tush ko‘rganda nima qilinadi?

16.07.2025   1605   2 min.
Yomon tush ko‘rganda nima qilinadi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Men tush ko‘rdim va uyg‘onib Ibni Sirinning "Tushlar ta’biri" kitobini ko‘rsam yomonroq chiqdi va siqilib qoldim. Tush ta’biri masalalariga musulmon inson qanday qarashi kerak?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Avvalo shuni aytishimiz kerakki, Ibn Siriyn rahimahullohga nisbat berilgan “Tushlar ta’biri” kitobi u zotga tegishli emas. Shuning uchun bu kitobni u zotga nisbat berib bo‘lmaydi. Dinimizga ko‘ra tushlar uch xil bo‘ladi:
– Alloh taolo tomonidan bo‘lgan, tahorat bilan yotilganda, tongga yaqin ko‘riladigan, solih tushlar.
– Shaytondan bo‘lgan, aniq esda qolmaydigan, kayfiyatni tushiradigan, alahsirashga o‘xshash yomon tushlar.
– Kasbiga yoki qiziqqan narsasiga taalluqli tushlar.

Dinimizda tush ko‘rganda nima qilish kerakligi borasida aniq tavsiyalar kelgan. Agar rost tushlar shariatga mos kelsa, amal qilish mumkin, agar zid kelsa, qat’iy amal qilinmaydi. Yomon tush ko‘rgan kishi tushini birovga aytmasligi va tushning yomonligidan Alloh taolodan panoh so‘rashi kerak. Bu haqida Abdulloh ibn Qatoda roziyallohu anhu otasidan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Rost tush Allohdan, yomon tush shaytondan. Birortangiz qo‘rqinchli tush ko‘rsa, chap tomoniga tuflab qo‘ysin va tushning yomonligidan (Allohdan) panoh so‘rasin. Shunda yomon tush zarar qilmaydi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Ya’ni yomon tush ko‘rgan kishi chap tomonga yengilgina tuflab: “Robbim! Ko‘rgan tushimni yomonligidan panoh so‘rayman”, deb qo‘yadi.

Ba’zi ulamolar imkon bo‘lsa o‘rnidan turib, tahorat olib, ikki rakat nafl namoz o‘qigani hamda biroz sadaqa qilib qo‘ygani yana ham yaxshi, deyishgan.
Shuningdek, tush inson taqdirini belgilamaydi. Tushga ortiqcha baho berib, uni hayot mezoniga aylantirish to‘g‘ri emas. Biz dinimiz ko‘rsatmalariga og‘ishmay amal qilsak, ham moddiy, ham ruhiy tarafdan sog‘lom, irodamiz mustahkam bo‘ladi. Vallohu a’lam!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.