Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ro‘za tutish insonning qandli diabet kasaliga chalinmasligiga sabab bo‘ladi. Doktor Ahmad Fanjariy aytadi: “Ro‘za tutganda qondagi qand(shakar) miqdori eng past darajagacha tushadi. Bu esa oshqozon osti bezi faoliyatini me’yoriga keltiradi. Ma’lumki, oshqozon osti bezi insulin ishlab chiqaradi. Bu qand moddasini tindirib yog‘ga aylantiradi va to‘qimalarda to‘playdi. Agar ortiqcha ovqat iste’mol qilinsa, oshqozon osti bezi faoliyati buzilib, o‘z vazifasini bajara olmaydi. Natijada, qondagi qand miqdori ortib, vaqt o‘tgan sari qandli diabet kasalligini paydo qiladi. Oshqozon osti bezining me’yorda ishlashi va qandli diabet kasalligining oldini olinishida ro‘zaning o‘rni beqiyosdir”.
Ro‘za tutish bilan qon va teridagi suv miqdori kamayadi. Natijada:
Tibbiyot mutaxassislari tadqiqotlar natijasida ro‘zaning “Ekzema”(teri kasalligi, terida pufakchalar hosil bo‘lishi, qo‘tir-qo‘tir va katta-kichik po‘st paydo bo‘lishi bilan kechadi) va “Podagra”(moddalar almashinuvi buzilganda uchraydigan kasallik. Bu kasallik ko‘p ovqatlanish va vazn ortib ketishi tufayli kelib chiqadi) kasalliklariga eng yaxshi muolaja bo‘lishini aniqlaganlar.
Davron NURMUHAMMAD
Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).
Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.
- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir.
- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.
- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,
- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.
- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.