Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Mart, 2026   |   17 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:32
Quyosh
06:50
Peshin
12:39
Asr
16:34
Shom
18:23
Xufton
19:35
Bismillah
06 Mart, 2026, 17 Ramazon, 1447
Maqolalar

Ro‘za qandli diabet (saxar) kasalligiga shifo bo‘ladi

27.02.2025   8354   1 min.
Ro‘za qandli diabet (saxar) kasalligiga shifo bo‘ladi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ro‘za tutish insonning qandli diabet kasaliga chalinmasligiga sabab bo‘ladi. Doktor Ahmad Fanjariy aytadi: “Ro‘za tutganda qondagi qand(shakar) miqdori eng past darajagacha tushadi. Bu esa oshqozon osti bezi faoliyatini me’yoriga keltiradi. Ma’lumki, oshqozon osti bezi insulin ishlab chiqaradi. Bu qand moddasini tindirib yog‘ga aylantiradi va to‘qimalarda to‘playdi. Agar ortiqcha ovqat iste’mol qilinsa, oshqozon osti bezi faoliyati buzilib, o‘z vazifasini bajara olmaydi. Natijada, qondagi qand miqdori ortib, vaqt o‘tgan sari qandli diabet kasalligini paydo qiladi. Oshqozon osti bezining me’yorda ishlashi va qandli diabet kasalligining oldini olinishida ro‘zaning o‘rni beqiyosdir”.

Ro‘za tutish bilan qon va teridagi suv miqdori kamayadi. Natijada:

  • terining mikroblarga qarshi immunitetni oshiradi;
  • teridagi o‘tkir yallig‘lanishlarni va ularning tarqalishini kamaytiradi;
  • allergiya va yuzdagi toshmalarni quritadi;
  • Ichaklar faoliyatini yaxshilaydi va teridagi chipqonlarni yo‘qotadi.

Tibbiyot mutaxassislari tadqiqotlar natijasida ro‘zaning “Ekzema”(teri kasalligi, terida pufakchalar hosil bo‘lishi, qo‘tir-qo‘tir va katta-kichik po‘st paydo bo‘lishi bilan kechadi) va “Podagra”(moddalar almashinuvi buzilganda uchraydigan kasallik. Bu kasallik ko‘p ovqatlanish va vazn ortib ketishi tufayli kelib chiqadi) kasalliklariga eng yaxshi muolaja bo‘lishini aniqlaganlar.

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Shayx Mahmud Xalil al-Husariy Qur’on shaxsiyati sifatida tanlandi

06.03.2026   1504   2 min.
Shayx Mahmud Xalil al-Husariy Qur’on shaxsiyati sifatida tanlandi

“Xalqaro Qur’oni karim mukofoti”  Shayx Mahmud Xalil al-Husariyni dunyo miqyosidagi Qur’on shaxsiyati sifatida tanladi


“IQNA” sayti xabariga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti o‘rinbosari, Vazirlar Kengashi raisi, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum janoblari misrlik mashhur qori, Shayx Mahmud Xalil al-Husariy rahimahullohni “Dubay xalqaro Qur’oni karim mukofoti” ning g‘olibi sifatida e’lon qildi.

Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum o‘zining X (sobiq Twitter) akkauntida shunday deb yozdi:

“Dubay xalqaro Qur’oni karim mukofoti” Qur’oni karim kitobiga xizmat qilish, hofizlar va qorilarni taqdirlash, Qur’oni karim ilmlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatgan fidoiylarga ehtirom ko‘rsatish maqsadida 28 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Bugun biz buyuk bir ulug‘ islomiy shaxsni dunyo miqyosidagi “Qur’oni karim shaxsiyati” sifatida taqdirlashimizni e’lon qilamiz: “Shayx Mahmud Xalil al-Husriy... Zamonamizning tilovat ulamolaridan biri... Birinchi bo‘lib Qur’oni karimni to‘liq murattal (tartil) uslubida yozib qoldirgan... Sharqu g‘arbda eng ko‘p tarqalgan yetuk qorilardan biri sifatida e’tirof etilgan. Alloh taolo u kishini rahmatiga olsin va ushbu buyuk ishlarini hasanot tarozisiga qo‘shsin”.

Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum qo‘shimcha qildi: "Shuningdek, bu yil “Dubay xalqaro Qur’oni karim mukofoti” doirasida dunyoning turli burchaklaridan tanlangan oltita ajoyib qori ovozini tanladik.  Ular 2026 yil uchun “Qur’oni karim tilovati bo‘yicha eng xushovoz qori” unvoni uchun musobaqalashadi. Yuraklarni titratadigan ovozlar... Respublika ovoz berish eshigini ochib, jamoatchilikni 2026 yilning eng go‘zal Qur’on ovozini tanlash tadbirida qatnashishga taklif etamiz. G‘oliblarni shu yilning 2 mart kuni Qur’oni karim va uning ahlini ulug‘laydigan tantanali marosimda mukofotlaymiz”.

Ilyos AHMЕDOV

Maqolalar