Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Mart, 2026   |   17 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:32
Quyosh
06:50
Peshin
12:39
Asr
16:34
Shom
18:23
Xufton
19:35
Bismillah
06 Mart, 2026, 17 Ramazon, 1447

Ro‘zador kishi bajarishi muhim bo‘lgan 9 amal

05.03.2025   14963   1 min.
Ro‘zador kishi bajarishi muhim bo‘lgan 9 amal

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Ro‘zador kishiga quyidagilar sunnatdir:

1. Nafsni yomon niyatlardan to‘xtatish;

2. Foydasiz hamda uyatsiz so‘zlarni gapirishdan va eshitishdan o‘zini saqlash;

3. Birov bilan urishishdan, har qanday gunoh ishlardan o‘zni tortish;

4. Mumkin qadar istig‘for, zikr va tasbeh bilan band bo‘lish;

5. Qur’on o‘qish;

6. Quyosh botgan vaqtda shom namozini o‘qishdan oldin bir qultum suv bilan bo‘lsa ham og‘iz ochish;

7. Ramazon oyida har kuni xufton namozidan so‘ng yigirma rakat taroveh namozi o‘qish;

8. Taroveh namozida Qur’oni Karimni o‘qib yoki eshitib xatm qilish;

9. Ramazonda xuftonni jamoat bilan o‘qigan kishi uchun vitr namozini ham jamoat bilan o‘qish.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Boshqa maqolalar
Videolar

Qur’on tilovati: Anbiyo - Haj surasi 78 oyati

06.03.2026   577   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

“Albatta, (bu Qur’on) olamlar Parvardigorining nozil qilgan (Kitob)idir (Shuaro surasi, 192-oyat).

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Videolavhalar