Ramazonning 15 kuni (15 mart) Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov poytaxtimizning Yangi hayot tumanida ">bo‘ldi.
Tuman imomlari bilan 10 ta kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj oilalar holidan xabar olindi. Ularga ro‘zg‘on uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilindi.
Shunday oilalar orasida o‘zga millat, boshqa din vakillari ham bor.
Ramazon oyida bajarilgan ezgu amal, yaxshiliklar, qilingan xayr-ehson va sadaqalar boshqa oylardagiga nisbatan bir necha barobar fazilatli va savobi ulug‘dir. Sadaqa boisidan hatto egasiga kelishi muqarrar bo‘lgan balo va musibatlar ham ariydi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim halol kasbidan ixlos bilan xurmo qiymaticha sadaqa qilsa, Alloh taolo uni rozi bo‘lib qabul qiladi. Alloh faqatgina halolni qabul qilur. So‘ng uni sohibi uchun xuddi biringiz toychoqni o‘stirgani kabi o‘stiradi, hatto u tog‘ kabi bo‘ladi», dedilar.
Alloh taolo taolo ehsonlarni qabul qilsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati
Shu yil 17 mart kuni “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida mart oyi “Qur’oni karim va tajvid” fani oyligi munosabati bilan Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa ikki bosqichda: madrasaning murattab va mujavvid qorilari ishtirokida o‘tkazildi. Ularning chiqishini Bilim yurtining mudarrislaridan iborat hakamlar hay’ati baholab bordi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra hifz yo‘nalishida:
1-o‘rin 2-kurs talabasi Muhammadamin qori Olimjonov;
2-o‘rin 1-kurs talabasi Dostonbek qori Sodiqov;
3-o‘rin 2-kurs talabasi Abdurahmon qori Qamariddinovga nasib etdi.
Tilovot yo‘nalishida esa:
1-o‘rin 3-kurs 86-guruh talabasi Muhammadali qori Abdurahimov;
2-o‘rin 4-kurs 84-guruh talabasi Sultonbek qori Dudinov;
3-o‘rin 4-kurs talabasi Abduqodir qori Muhammadaminov munosib deb topildi.
Musobaqa oxirida g‘olib va ishtirokchilarga homiylarnining qimmatbaho va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati