Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Mart, 2025   |   21 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:06
Quyosh
06:25
Peshin
12:35
Asr
16:48
Shom
18:39
Xufton
19:53
Bismillah
21 Mart, 2025, 21 Ramazon, 1446

300 ta oilaga Ramazon shukuhi kirib bordi

19.03.2025   5495   1 min.
300 ta oilaga Ramazon shukuhi kirib bordi

Muborak Ramazon oyida O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan amalga oshirilayotgan xayriya tadbirlari salmog‘i ham oshib bormoqda. Bu jarayonda ko‘plab kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalarga, yetim va miskinlarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilyapti.


Yaqinda fondning Farg‘ona viloyati filiali tomonidan tashkil etilgan xayriya tadbirida ham ana shu toifadagi yuzlab oilalarga Ramazon shukuhi kirib bordi.

Tadbir davomida viloyat hududida yashovchi 300 ta ijtimoiy-moddiy yordamga muhtoj oilaga 16 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi manzilma manzil yetkazildi.


Saxovatli homiylarimizdan yagona ROZZAQ rozi bo‘lsin! 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

"Vaqf" xayriya jamoat fondi
Matbuot xizmati

300 ta oilaga Ramazon shukuhi kirib bordi 300 ta oilaga Ramazon shukuhi kirib bordi 300 ta oilaga Ramazon shukuhi kirib bordi 300 ta oilaga Ramazon shukuhi kirib bordi
Boshqa maqolalar

Kim bu duoni qilsa, unga hech narsa zarar yetkazmaydi

20.03.2025   1810   1 min.
Kim bu duoni qilsa, unga hech narsa zarar yetkazmaydi

Muhammad ibn Bashshor aytadi, Abu Dovud Toyalisiy bizlarga dedi, Abdurrahmon ibn Abuzzinod otasidan, u Abon ibn Usmondan rivoyat qilib bunday dedi: Men Usmon ibn Affonni shunday deganini eshitdim, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam dedilar: “Qaysi bir banda har kuni tongda va har kechada “Bismillahillaziy laa yazurru ma’asmihi shayun fil arzi va laa fis samaai va huvassamiy’ul a’liym” deb uch marta aytsa, unga hech narsa zarar yetkaza olmaydi”.

Abonning bir tomoni falaj bo‘lgan edi. Boyagi kishi unga qarab turgan edi, Abon: nega qarayapsan? Men senga aytgan hadis rost. Lekin men o‘sha kuni o‘sha duoni o‘qimaganim uchun Alloh peshonamdagi dardni berdi, dedi.

Bu hadis hasan sahih g‘arib. 
Imom Termiziyning “Sunan Termiziy” kitobi, 13-bob. Tong otganda va kech kirganda o‘qiladigan duo haqida. 3388-hadis.