Tirikmisiz? Hayotning qadriga yeting.
Charchadingizmi? Alloh yaratgan tabiat qo‘yniga chiqing dam oling, tafakkur qiling!
Yiqildingizmi? Allohdan sabr va kuch so‘rab, o‘rningizdan turing.
Sizdan so‘rasalar, o‘ylanmay beravering. Zero, hamma narsa Allohniki. Alloh vaqtinchalik sizga berib turibdi, xolos. O‘rni bo‘lsa, muhtojlarga ulashib, savobini olib qoling.
Sizni qadrlamasalar xafa bo‘lmang, qadrlashlarini so‘ramang ham. Ammo sha’ningiz toptalgan joyda qolmang.
O‘rgatsalar, o‘rganing saboq oling. Hayot sinovlari oldida yengilmang. Kurashib yashang. To hayot ekansiz, har bir ne’matning shukrini qiling. Bu foniy olamda hammasi sinov ekanini esdan chiqarmang.
Akbarshoh Rasulov
O‘zbekiston musulmonlari idorasining tizimdagi masjidlar imom-xatib va imom noiblarini ilmiy salohiyatini oshirish, Qur’oni karim qiroati bo‘yicha bilimlarini yanada rivojlantirish maqsadida Masjidlar bilan ishlash bo‘limi hamda Qur’on va tajvid bo‘limlari tashabbusi bilan hududlarda 72 soatlik o‘quv darslari tashkil etib kelinmoqda.
Ana shunday darslarning navbatdagisi joriy yilning 12 yanvar kuni Andijon, Samarqand va Navoiy viloyatlarida 90 nafar imom-xatib va imom noiblari ishtirokida boshlandi. Qur’on va tajvid bo‘limi ustozlari tomonidan olib borilayotgan qiroat darslari imom-domlalar uchun juda foydali bo‘lmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati