O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining Maxsus shtabida Markaz ekspozitsiyasini boyitish bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida Ishchi guruh a’zolari hamda olimlar mas’uliyat bilan ishlayapti. Xususan, shtabning turli nuqtalarida 10 ga yaqin loyihalarning uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati
Mir Arab oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Inson qadri” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda inson qadrini ulug‘lash g‘oyasining jamiyat ma’naviy hayotidagi ahamiyati ta’kidlandi.
Shuningdek, 2025 yilda diniy soha vakillari faoliyati yuzasidan sarhisob yig‘ilishi o‘tkazilib, sohadagi islohotlar, ustuvor vazifalar va kelgusi rejalar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ma’naviy-ma’rifiy sohada faollik ko‘rsatgan bir qator soha vakillari taqdirlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati