Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Yanvar, 2026   |   18 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:29
Shom
17:14
Xufton
18:32
Bismillah
07 Yanvar, 2026, 18 Rajab, 1447

Bo‘sh qutining hikmati

06.05.2025   8823   1 min.
Bo‘sh qutining hikmati

Uch yashar qizi uyni betartib qilib tashlagani uchun otasi unga qattiqroq tanbeh berdi. Ertasiga qizi otasiga bir quti hadya qildi. Otasi bo‘sh qutini ko‘rib, qizining bu ishini tushunolmadi va: “Bu nimasi, qizim, meni masxara qilyapsanmi?” dedi. Qizi esa: “Kecha meni urishgan paytingiz sizga aytishdan qo‘rqib shu qutini ochdim va ichiga sizni yaxshi ko‘rishimni aytib, og‘zini berkitib qo‘ydim. Bugun jahlingiz chiqmay turgani uchun olib kelib berdim”, dedi. Shunda ota xato yo‘l tutayotganini anglab yetdi. Qizini opichladi. Uning bundan naqadar xursand bo‘lgani ko‘z oldida qoldi. 
 

Oradan yillar o‘tsa-da, ishi yurishmasa yo kayfiyati bo‘lmasa o‘sha kunni eslab, bo‘sh qutini ochib qararkan, tashvishlarini unutdi.


Darhaqiqat, qiz farzand otasiga o‘g‘il farzanddan ham ko‘proq mehrli bo‘lishar ekan. Hadislarda bir qiz farzandni bo‘lsa-da, tarbiyalab o‘stirgan otaga jannat bashorati berilgani bejizmas ekan.


Alloh bergan bu ne’matlarning qadriga yetaylik. Zero, qancha odamlar, o‘g‘il bo‘lsin, qiz bo‘lsin – ko‘p yillar davomida farzand ne’matiga zor. 

Akbarshoh RASULOV

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Imom-xatiblar oldiga yangi vazifalar qo‘yildi

06.01.2026   2928   1 min.
Imom-xatiblar oldiga yangi vazifalar qo‘yildi

5 yanvar kuni Namangan viloyati bosh imom-xatibi Abdullohxon domla Samatov boshchiligida viloyat vakilligi xodimlari, shahar va tuman bosh imom-xatiblari hamda “Haj–2025” ziyoratchilaridan iborat ishchi guruh a’zolari ishtirokida Namangan tumanidagi “Sayid Jaloliddin” jome masjidida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishda ishchi guruh a’zolari hamda mahallalarda ma’naviy targ‘ibotchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan hojilar bilan Namangan tumanida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


Ishchi guruh faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida:

  • “Haj–2025” ziyoratchilarini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga faol jalb etish,

  • imom-xatiblarning masjidni boshqarish faoliyatini o‘rganish va amaliy ko‘mak berish,

  • peshin namozi oldidan dolzarb mavzularda namunaviy ma’ruzalar o‘qish
    belgilab olindi.


Shuningdek, ishchi guruh a’zolari mahallalardagi ayrim xonadonlarga tashrif buyurib, aholi hol-ahvoli bilan tanishdi, yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, mavjud muammolari o‘rganildi hamda namunaviy oilalarda keksalardan duoi xayrlar olindi.


Imom-xatiblar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan mazkur ishchi guruh faoliyati viloyatning boshqa tumanlarida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Imom-xatiblar oldiga yangi vazifalar qo‘yildi Imom-xatiblar oldiga yangi vazifalar qo‘yildi Imom-xatiblar oldiga yangi vazifalar qo‘yildi Imom-xatiblar oldiga yangi vazifalar qo‘yildi
O'zbekiston yangiliklari