Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Dekabr, 2025   |   7 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:48
Peshin
12:29
Asr
15:19
Shom
17:05
Xufton
18:23
Bismillah
27 Dekabr, 2025, 7 Rajab, 1447
Yangiliklar

Yondashuv to‘g‘ri bo‘lsa...

28.05.2025   8963   1 min.
Yondashuv to‘g‘ri bo‘lsa...

Albert Enshteyn dars o‘tish jarayonida to‘qqiz masalani to‘g‘ri yozib, o‘ninchisining javobini atay xato chiqardi. Sinfda o‘tirganlar kulib yubordi. Shunda Enshteyn ham qo‘shilib kulib qo‘ydi va so‘zida davom etdi:


“Men to‘qqiz masalani to‘g‘ri yozganimda hech kim meni tabriklamadi. Ammo birgina xato qilganimda hamma kulib yubordi. Hayotda juda ko‘p odam voqea-hodisalarga, kishilarning tutumlariga shunday yondashadi. Ya’ni, o‘zidan boshqalarning yutug‘ini nazardan qochirib, xatosini tez ko‘rishadi. O‘ziga nisbatan esa, unday emas... Sizlarga bu masalani atay xato ishlab ko‘rsatishimdan maqsad, ertangi hayotingizda ana shunday vaziyatlarga to‘g‘ri yondashing. Zero, xato qilmaydigan yagona odam bu – hech narsa qilmaydigan odamdir”.


Darhaqiqat, biz ojiz bandalar Allohning huzurida qancha xatolar, gunoh ishlar qilamiz va Uning mag‘firatidan umidvor bo‘lamiz. Lekin bir inson xato qilsa tezda qo‘limizni bigiz qilib ko‘rsatamiz. Ayniqsa, bizga nisbatan nimadir sodir etib qo‘ysa, kechirmaymiz. Jag‘imiz tolguncha shikoyat qilaveramiz. Bu sinovli, o‘tkinchi dunyoda yondashuvimizni to‘g‘rilab olaylik, azizlar! Shunda yashash ham osonlashadi, halovatimiz ham yo‘qolmaydi...


Akbarshoh Rasulov

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Fuqarolar murojaatiga amaliy yechimlar berildi

17.12.2025   10039   1 min.
Fuqarolar murojaatiga amaliy yechimlar berildi

#xabar #qabul #murojaat

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan olib borayotgan ochiq va samimiy muloqotlari fuqarolar muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qabullar jarayonida har bir murojaat e’tibor bilan o‘rganilib, aksariyati o‘z vaqtida ijobiy hal etilayotgani quvonarlidir.
 

 Jumladan, bugun 17 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Diniy idoraga kelgan fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat, arz va takliflarini tingladilar. Qabul davomida imom-xatiblar faoliyati, haj va umra masalalari, oilaviy muammolar hamda moddiy yordam bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.


 Xususan, oilaviy masalalar bo‘yicha murojaat qilganlarga muammolar yechimi yuzasidan maslahatlar berildi, shar’iy savollarga atroflicha tushuntirishlar qilindi hamda moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak ko‘rsatildi.


 Samimiy qabul va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan fuqarolar ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, xayrli duolar qilishdi.


 Darhaqiqat, inson dardiga sherik bo‘lish va uning tashvishini yengillatish — savobi ulug‘ amaldir. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "... Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishni aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi", deb marhamat qilganlar (Imom Buxoriy rivoyati).


 Shu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududiy vakilliklari hamda barcha jome masjidlarida haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Fuqarolar murojaatiga amaliy yechimlar berildi Fuqarolar murojaatiga amaliy yechimlar berildi Fuqarolar murojaatiga amaliy yechimlar berildi Fuqarolar murojaatiga amaliy yechimlar berildi Fuqarolar murojaatiga amaliy yechimlar berildi Fuqarolar murojaatiga amaliy yechimlar berildi Fuqarolar murojaatiga amaliy yechimlar berildi
O'zbekiston yangiliklari