Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Dekabr, 2025   |   26 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:43
Peshin
12:24
Asr
15:14
Shom
16:59
Xufton
18:18
Bismillah
17 Dekabr, 2025, 26 Jumadul soni, 1447

Chatgpt dan diniy savollarga javob olish

13.06.2025   18615   2 min.
Chatgpt dan diniy savollarga javob olish

Savol: Chatgpt (sun’iy intellekt) orqali diniy savollarimizga javob olsak bo‘ladimi, shu javoblarga  amal qilsak bo‘ladimi? 

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, bu joiz emas. To‘g‘ri, Chatgpt platformasi ayrim sohalarda insonlarga foyda bermoqda. Ammo diniy savollarga to‘g‘ri javob berishga ojizlik qiladi. Chunki u ham inson omili tomonidan ishlab chiqilgan bir mahsulot. Qolaversa, ba’zan savollarga taxminiy javoblar, hatto bu masala falon kitobda bor deb, arabiy iboralar ham berishi mumkin. Lekin u keltirgan iboralar na u aytgan kitobda va na boshqa fiqhiy manbalarda uchramaydi. Shu bois shar’iy masalalarga ahli ilm, mutaxassislarga murojaat qilish orqali yechim topish darkor. Alloh taolo oyati karimada bunday marhamat qilgan:


فَاسْأَلُوا أَهْلَ الذِّكْرِ إِنْ كُنْتُمْ لَا تَعْلَمُونَ

“Agar bilmaydigan bo‘lsangiz, zikr ahlidan so‘rangiz!” (Anbiyo surasi, 7-oyat).

Musulmon odam biror narsani bilmay qolsa, uni biladigan kishidan, o‘sha sohaning «zikr ahli»dan o‘rganishi lozim bo‘ladi. Shunday ekan, e’tiqod va dinu-diyonatga tegishli narsalarni ham shu sohaning bilimdonlaridan so‘rash talab etiladi. Buyuk tobeiy Ibn Sirin rahimahulloh bunday deganlar:


 ‌إن ‌هذا ‌العلم ‌دين فانظروا عمن تأخذون دينكم. رواه مسلم

“Albatta, bu ilm dindir. Bas, diningizni kimdan olayotganingizga qaranglar” (Imom Muslim rivoyati).
Mazkur iboraning sharhida Mulla Ali Qori rahimahulloh bunday deganlar:
“Bu ilm” so‘zidan murod Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatga olib kelgan Qur’oni karim va hadisi sharifdan iborat bo‘lgan ta’limotdir. Uni ishonchli va adolatli zotlardan olmoqdamisiz yoki yo‘q, shunga nazar solinglar, ya’ni qayerdan, kimdan ilm olayotgangizni aniq bilinglar”. (“Mirqotul mafotih” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Boshqa maqolalar

Astraxandagi II Xalqaro ilmiy-diniy konferensiyada Diniy idoramiz vakili ishtirok etdi

10.12.2025   11010   3 min.
Astraxandagi II Xalqaro ilmiy-diniy konferensiyada  Diniy idoramiz vakili ishtirok etdi

«Musulmon Ummatining Buyuk G‘alabaga va Vatan himoyasiga qo‘shgan hissasi: tarix saboqlari va zamonaviy muammolar» nomli Astraxandagi II Xalqaro ilmiy-diniy konferensiyada

Diniy idoramiz vakili ishtirok etdi

 

Xalqaro anjumanda Janubiy federal okrug, Kavkaz orti va Yaqin xorij diniy arboblari hamda davlat hokimiyati organlari vakillari, ilmiy va ekspert jamoatchiligi, ta’lim muassasalari, oliygohlar o‘qituvchilari va talabalari, Rossiya harbiy qismining rahbarlari, Rossiya Federatsiyasi subyektlaridan diniy va jamoat arboblari, an’anaviy konfessiyalar diniy peshvolari va ko‘plab ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Forum G‘alabaning 80 yilligi va “Vatan himoyachilari” yili doirasida o‘tkazilishini inobatga olgan holda, uning ishi davomida musulmon ulamolarining fuqarolik jamiyatini jipslashishdagi roli, shuningdek davlatlarimiz taraqqiyotining muhim tarixiy bosqichlarida diniy arboblarning davlat siyosatiga qo‘shgan hissasi muhokama qilindi.

Xalqaro forumda ma’ruza uchun so‘z berilgan Diniy idoramiz vakili Ibrohimjon domla Inomov O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining salomlari va duoi-xayrlarini hurmat bilan yetkazdi.

Astraxan davlat universitetida talaba yoshlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakili “Ota-onani rozi qilish – farzandlik burchi”, “Aqidada adashmaylik!”, “Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi” mavzularida to‘xtalib o‘tdi.

Turli xil diniy oqimlardan ehtiyot bo‘lish zarurligi – ham shariat buyrug‘i, ham zamon talabi, ham davr ehtiyoji ekanligiga e’tibor qaratilib, keng tushunchalar berildi.

Xalqaro konferensiya doirasida Rossiya musulmonlari Markaziy Diniy idorasi raisi, Muftiy Talgat Safa Tadjuddin hazratlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakili bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida tashrif uchun minnatdorlik izhor etib, o‘zining eng katta va iliq samimiy salomlarini, eng yaxshi tilak va xayrli duolarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlariga albatta yetkazishni bir necha bor ta’kidlab o‘tdi.

Rossiya musulmonlari Markaziy Diniy idorasi raisi, Muftiy Talgat Safa Tadjuddin hazratlarining O‘zbekistonga, Buxoroga, O‘zbekiston xalqiga mehri o‘zgacha baland ekanligi ko‘zlarida yosh bilan mehr ila ifoda etdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining ham salomlari delegatsiyamiz a’zosi tomonidan hurmat bilan yetkazildi.

Xizmat safari davomida konferensiya ishtirokchilari, xorijiy mehmonlar, vatandoshlarimiz hamda mahalliy fuqarolar va rasmiy tashkilotlar mas’ullari bilan bo‘lgan suhbatlarda delegatsiyamiz vakili tomonidan bugungi kundagi mamlakatimizdagi qilinayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib, davlatimiz va hukumatimiz tomonlaridan yurt tinchligi, xalq farovonligi va salomatligi, dinimiz kamoloti, masjidu-madrasalarimiz obodligi uchun behisob darajada ishlar olib borilayotganligini yoritib, bugungi kundagi mamlakatimizdagi hamma sohalarda, ayniqsa diniy sohada juda ham katta islohotlar, misli ko‘rilmagan yangiliklar to‘g‘risida xabar berib o‘tildi.

Astraxanda o‘tkazilgan «Musulmon Ummatining Buyuk G‘alabaga va Vatan himoyasiga qo‘shgan hissasi: tarix saboqlari va zamonaviy muammolar» nomli II Xalqaro ilmiy-diniy konferensiya Rossiya Federatsiyasining ko‘plab markaziy, hududiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida yoritib borildi.

 

 

 

Astraxandagi II Xalqaro ilmiy-diniy konferensiyada  Diniy idoramiz vakili ishtirok etdi Astraxandagi II Xalqaro ilmiy-diniy konferensiyada  Diniy idoramiz vakili ishtirok etdi Astraxandagi II Xalqaro ilmiy-diniy konferensiyada  Diniy idoramiz vakili ishtirok etdi Astraxandagi II Xalqaro ilmiy-diniy konferensiyada  Diniy idoramiz vakili ishtirok etdi Astraxandagi II Xalqaro ilmiy-diniy konferensiyada  Diniy idoramiz vakili ishtirok etdi Astraxandagi II Xalqaro ilmiy-diniy konferensiyada  Diniy idoramiz vakili ishtirok etdi Astraxandagi II Xalqaro ilmiy-diniy konferensiyada  Diniy idoramiz vakili ishtirok etdi