Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:14
Quyosh
07:39
Peshin
12:22
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:17
Bismillah
12 Dekabr, 2025, ,
Yangiliklar

Muftiy hazrat: imtihonda shaffoflik va xolislikni ta’minlash zarur!

09.07.2025   16964   2 min.
Muftiy hazrat: imtihonda shaffoflik va xolislikni ta’minlash zarur!

7 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtiroklarida Oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari uchun 2025-2026 o‘quv yili qabul imtihonlariga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, professor  Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov diniy ta’lim muassasalari uchun yangi o‘quv yili kirish imtihonlarini tartibli o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

Muftiy hazratlari imtihonlarni adolatli va xolisona o‘tkazish, tartib-qoidalarga rioya etish, jarayonlar shaffof bo‘lishiga erishish hamda tegishli xonalar xavfsizligini ta’minlash, videokuzatuv kameralari bilan jihozlash kabi muhim jihatlarga diqqat qaratdilar. Shuningdek, imtihondan oldin abituriyentlar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar ham belgilangan tartibda bo‘lishiga urg‘u berdilar.  
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari imtihonlarni ochiq-oshkora va adolatli o‘tkazish orqali yosh avlod haq-huquqlarini ta’minlash, iqtidorli yoshlarga bilimlarini namoyon etishga imkoniyat berishni qayd etdilar. Shuningdek, imtihon olishga mas’ul ustoz va mutaxassislar Alloh taolo huzurida ham, xalqimiz oldida ham ulkan mas’uliyatni chuqur his etishi hamda nomaqbul illatlardan saqlanishlariga katta diqqat qaratdilar. 

Madrasalarga kirish imtihon savollari umumta’lim maktab dasturlari asosida, Oliy diniy ta’lim muassasalari uchun kirish imtihon savollari esa madrasa ta’lim dasturlari asosida bo‘lishi ham alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida quyidagi muhim vazifalar belgilab olindi:
– Qabul jarayonlarini namunali tashkil etish;
– Yuqori darajada xavfsizligi ta’minlangan elektron dasturlardan foydalanish;
– Abituriyentlar uchun munosib sharoitlarni yaratish;
– Abituriyentlarga test sinovlaridagi huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
– Imtihon jarayonini videokuzatuv qurilmalari orqali nazorat qilish;
– Ota-onalar uchun kutish joylarini tayyorlash;
– Imtihon jarayonlarini namoyish etish uchun ekranlar o‘rnatish.

Qabul imtihonlari muvaffaqiyatli o‘tishini tilab duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Muftiy hazrat: imtihonda shaffoflik va xolislikni ta’minlash zarur! Muftiy hazrat: imtihonda shaffoflik va xolislikni ta’minlash zarur! Muftiy hazrat: imtihonda shaffoflik va xolislikni ta’minlash zarur! Muftiy hazrat: imtihonda shaffoflik va xolislikni ta’minlash zarur! Muftiy hazrat: imtihonda shaffoflik va xolislikni ta’minlash zarur!
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Malaka oshirgan muazzinlarga ijozat shahodatnomasi topshirildi

11.12.2025   1369   2 min.
Malaka oshirgan muazzinlarga ijozat shahodatnomasi topshirildi

Bugun, 11 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida kasb-mahoratini oshirgan masjidlar muazzinlariga ijozat shahodatnomasi topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda taniqli ulamolar, tajribali imom-xatiblar, diniy ta’lim muassasalari ustoz-talabalari, malakali muazzinlar va mehnat faxriylari ishtirok etdi.

Tadbir Qur’oni karim qiroati va xayrli duolar bilan boshlandi.

Marosimda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari so‘zlab, keyingi yillarda mamlakatimizning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi diniy-ma’rifiy sohada ham ko‘lamli islohotlar bo‘layotgani, Davlat Rahbari tomonidan sohaga qaratilayotgan alohida e’tibor natijasida bugungi yuksalishlarga erishilayotgani haqida aytib o‘tdilar. Xususan, Diniy idora tomonidan yurtimiz masjidlarida yangrayotgan azon ohanglari yanada go‘zal bo‘lishi uchun sa’y-harakatlar olib borilayotganiga urg‘u berdilar. 

So‘zga chiqqan Qur’on va tajvidni o‘rgatish bo‘limi boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li Muftiy hazratlari tashabbusi bilan imom-xatiblar qiroatini yaxshilash va muazzinlarning azon aytishlarini chiroyli qilish bo‘yicha xayrli ishlar yo‘lga qo‘yilgani, bu borada mo‘tabar manbalar va zamonaviy usullar asosida o‘quv rejalari ishlab chiqilgani, qariyb besh yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida ikki mingdan ziyod muazzin uchun azon va iqoma bo‘yicha o‘quv seminarlar, onlayn va oflayn mashg‘ulotlar olib borilgani, mazkur amaliy mashg‘ulotlar davomida baholash mezonlariga ko‘ra saralab olingan 196 nafar muazzin maxsus o‘qitilgani, bugun ularning 70 nafardan ziyodiga ijozat shahodatnomalari berilayotgani haqida to‘xtaldi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga muazzinlarning malaka oshirish darslari jarayonlaridan videolavha namoyish etildi. Shuningdek, malakali muazzinlarning azon sadolari tinglandi.  

Shundan so‘ng azon va iqoma aytish bo‘yicha ijozat shahodatnomalarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Muftiy hazratlari va Shayx Alijon qori tomonidan malaka oshirgan bir guruh muazzinlarga ijozat shahodatnomalari va kitoblar to‘plami topshirildi.

Shuningdek, Muftiy hazratlari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishda jonbozlik ko‘rsatgan Shayx Alijon qori boshchiligidagi ustozlarga tashakkurnomalar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Malaka oshirgan muazzinlarga ijozat shahodatnomasi topshirildi Malaka oshirgan muazzinlarga ijozat shahodatnomasi topshirildi Malaka oshirgan muazzinlarga ijozat shahodatnomasi topshirildi Malaka oshirgan muazzinlarga ijozat shahodatnomasi topshirildi Malaka oshirgan muazzinlarga ijozat shahodatnomasi topshirildi Malaka oshirgan muazzinlarga ijozat shahodatnomasi topshirildi Malaka oshirgan muazzinlarga ijozat shahodatnomasi topshirildi Malaka oshirgan muazzinlarga ijozat shahodatnomasi topshirildi Malaka oshirgan muazzinlarga ijozat shahodatnomasi topshirildi Malaka oshirgan muazzinlarga ijozat shahodatnomasi topshirildi Malaka oshirgan muazzinlarga ijozat shahodatnomasi topshirildi
O'zbekiston yangiliklari