Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Dekabr, 2025   |   12 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:31
Peshin
12:18
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
03 Dekabr, 2025, 12 Jumadul soni, 1447
Yangiliklar

Biz uchun Rasululloh alayhissalomda go‘zal o‘rnak bor!

22.08.2025   7381   1 min.
Biz uchun Rasululloh alayhissalomda go‘zal o‘rnak bor!

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari juma namozini Toshkent shahridagi “To‘xtaboy” jome masjidida ado qildilar. 


Muftiy hazratlari dastlab yig‘ilgan jamoatni yaqinlashib kelayotgan Rabiul-avval oyi va juma ayyomi bilan muborakbod etib, “Sarvari olam siyratlaridan saboq olish mavsumi!” mavzusida ma’ruza qildilar. 


Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari suhbat davomida mo‘min-musulmonlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan Rabiul-avval oyida u zot alayhissalomning siyratlarini o‘rganish, go‘zal xulqlaridan namunalar olishga e’tibor berishi lozimligini ta’kidladilar. 


Ma’ruza asnosida Qur’oni karimdagi: (Ey, iymon keltirganlar!) Sizlar uchun – Alloh va oxirat kunidan umidvor bo‘lgan hamda Allohni ko‘p yod qilgan kishilar uchun Allohning payg‘ambarida go‘zal namuna bordir” (Ahzob surasi, 21) oyati karimasi hamda “Sizlardan birortangiz men unga bolasidan, ota-onasidan va odamlarning hammasidan mahbubroq bo‘lmagunimcha, mo‘mini komil bo‘la olmaydi” (Imom Buxoriy rivoyati), degan mazmundagi hadis sharhlab berildi. 


Xulosa o‘laroq mavlid oyida oila davrasida siyratga oid kitoblarni mutolaa qilib, farzandlar qalbida Rasululloh alayhissalomga muhabbatni uyg‘otish go‘zal amallar sirasiga kirishi aytib o‘tildi.   


Suhbat yakunida Haq taolodan elu yurtimiz tinchligi va farovonligi, yaqinlashib kelayotgan Mavlid oyini xayrli va barakali bo‘lishini so‘rab duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Biz uchun Rasululloh alayhissalomda go‘zal o‘rnak bor! Biz uchun Rasululloh alayhissalomda go‘zal o‘rnak bor! Biz uchun Rasululloh alayhissalomda go‘zal o‘rnak bor! Biz uchun Rasululloh alayhissalomda go‘zal o‘rnak bor! Biz uchun Rasululloh alayhissalomda go‘zal o‘rnak bor! Biz uchun Rasululloh alayhissalomda go‘zal o‘rnak bor! Biz uchun Rasululloh alayhissalomda go‘zal o‘rnak bor!
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ka’bani ko‘rguncha boshni ko‘tarmay turish kerakmi?

03.12.2025   201   1 min.
Ka’bani ko‘rguncha boshni ko‘tarmay turish kerakmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Bir video ko‘rdim. Unda ziyoratchilar Masjidul haromga kirib, ka’ba ko‘rinadigan joyga kelgunicha boshlarini egib, ko‘zlarini yumib kelishmoqda. Yaqin kelgandan keyin ellikboshi boshlaringni ko‘taringlar dedi. Shunchalik qilish shartmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Shariatimizdagi har bir amal ilmga asosan bajariladi. Ko‘r-ko‘rona, o‘zgalarga taqlid qilish orqali qilinmaydi.
Ular qilayotgan bu amalning hech qanday shar’iy asosi yo‘q. Fiqhiy manbalarimizda Ka’bani ko‘rganda aytiladigan zikrlar va duolar bayon qilingan, Ka’bani ko‘rganda qilinadigan duolar ijobat bo‘lishi aytilgan, ammo ularning birortasida boshini egib, ko‘zlarini yumib kirsin degan gap kelmagan. Masjidul haromga kirib kelayotgan ziyoratchiga Ka’ba qayerda ko‘rinsa o‘sha yerda duo va zikrlarni qilaveradi.
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bizning bu ishimizda undan bo‘lmagan narsani yangidan paydo qilsa, u rad etilgandir”, deganlar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).
Bundan tashqari Ka’ba Buyuk Zotning yerdagi muazzam va ulug‘vor bayti hisoblanadi. Uni birinchi bor ko‘rganda insonlarning aqli lol bo‘ladi, ayrimlari hushi yo‘qotib qo‘yadi. Shu bois uni bir lahzada, yaqinida emas, uzoqdan ko‘rib, o‘zini tayyorlab keladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar