Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Dekabr, 2025   |   12 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:31
Peshin
12:18
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
03 Dekabr, 2025, 12 Jumadul soni, 1447
Yangiliklar

Namanganda ham sport musobaqalari boshlandi

25.08.2025   14759   1 min.
Namanganda ham sport musobaqalari boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Namanganda diniy soha xodimlari o‘rtasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalar boshlandi.
 

Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari Jamshed Xatamov va bosh imom-xatib Musoxon domla Abbosiddinov ishtirokchilarga murojaat qilib, musobaqaning ahamiyati haqida to‘xtaldi va barchaga omad tiladilar.


16 jamoa ishtirok etgan futbol bellashuvlarida Hidoya o‘rta maxsus ta’lim muassasasi, Namangan shahar, Davlatobod va Chortoq tumanlari yarim finalga yo‘l oldi. Yarim final va final bahslari ertaga bo‘lib o‘tadi.


Shuningdek, imom-xatiblar va imom-noiblar o‘rtasida stol tennisi, otinoyilar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqalari ham qizg‘in tarzda o‘tdi. G‘oliblar ertaga futbol finalidan so‘ng taqdirlanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Namanganda ham sport musobaqalari boshlandi Namanganda ham sport musobaqalari boshlandi Namanganda ham sport musobaqalari boshlandi Namanganda ham sport musobaqalari boshlandi Namanganda ham sport musobaqalari boshlandi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Konstitutsiya – e’tiqod va huquq kafolati

02.12.2025   1037   1 min.
Konstitutsiya – e’tiqod va huquq kafolati

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda inson qadri, e’tiqodi va vijdon erkinligini ta’minlab beruvchi asosiy qonun sifatida muhim o‘rin tutadi. Asosiy qonunimizning 31-moddasida har bir fuqaroga vijdon erkinligi kafolatlanishi belgilangan bo‘lib, bu insonning qaysi din va e’tiqodga amal qilishi yoki umuman dinga e’tiqod qilmasligi uning shaxsiy tanlovi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.

Islom ta’limotida ham inson irodasi va e’tiqod erkinligi alohida qadrlanadi. Qur’ondagi “Dinda majburlash yo‘q” (Baqara surasi, 256) degan oyat e’tiqodning faqat ixlos bilan bo‘lishi, majburlashga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi illohiy qoidani belgilaydi. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam Madinada turli din vakillari bilan tinchlik va o‘zaro hurmat asosida yashaganlari bu tamoyilning amaliy namunasidir.

So‘nggi yillarda, xususan, 2025 yilda yurtimizda vijdon erkinligi borasida muhim huquqiy qadamlar tashlandi. Shu yilda “Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” tasdiqlandi. Ushbu hujjatda dinlar o‘rtasida tenglik, diniy tashkilotlar faoliyatining shaffofligi, konfessiyalararo totuvlik va davlatning neytral, adolatli pozitsiyasi aniq belgilab berildi.

2023–2025 yillar davomida diniy sohada qator amaliy islohotlar amalga oshirildi: diniy adabiyotlar ekspertizasi soddalashtirildi, Haj va Umra tadbirlarining tashkil etilishi yanada qulaylashtirildi, diniy ta’lim markazlari faoliyati kengaytirildi. Bu o‘zgarishlar Konstitutsiyada belgilangan vijdon erkinligi tamoyillarining hayotdagi amaliy ifodasi ekanini ko‘rsatadi.

Bugun O‘zbekistonda e’tiqod erkinligi nafaqat qonunlarda, balki amalda ham kafolatlangan. Konstitutsiya va islomiy ma’naviyatdagi inson sha’ni, adolat va bag‘rikenglik tamoyillari bir-birini to‘ldirib, yurtimizda totuvlik, hamjihatlik va ma’naviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bu ishlar mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz o‘rtasidagi birdamlikning muhim asosidir.

Jahongir Hotamov,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Huquqshunoslik bo‘limi boshlig‘i

Maqolalar