Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Dekabr, 2025   |   12 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:31
Peshin
12:18
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
03 Dekabr, 2025, 12 Jumadul soni, 1447
Yangiliklar

Xorazmda “Sulton Sanjar Moziy” masjidi foydalanishga topshirildi (foto+)

02.09.2025   6051   1 min.
Xorazmda “Sulton Sanjar Moziy” masjidi foydalanishga topshirildi (foto+)

Shu yil 30 avgust kuni mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida yangidan qurib bitkazilgan “Sulton Sanjar Moziy” jome masjidi foydalanishga topshirildi.

 

Marosimda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakili Xayrulla domla Abdullayev, Tuproqqal’a tumani hokimi o‘rinbosari Sardorbek Sultonov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bosh mutaxassisi Xotambek Masharipov, tuman bosh imom-xatibi G‘ulomjon domla Bobojonov, masjid imom-xatiblari va mahalla ahli ishtirok etishdi.

 

Tadbirda mutasaddilar so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan xayrli ishlar, diniy-ma’rifiy soha berilayotgan e’tibor, xususan, mazkur masjidning foydalanishga topshirilishi ham ana shunday islohotlarning yorqin namunasi ekanini ta’kidlab o‘tishdi.    

 

Marosim davomida Qur’oni karim tilovat qilinib, ushbu masjidning to Qiyomatgacha Haq taologa ibodat qilinadigan, tarovehlar, xatmi Qur’onlar, zikru tasbehlar aytiladigan sajdagoh bo‘lishi va xalqimiz e’tiqodi, ma’rifatini mustahkamlovchi ziyo maskani bo‘lib xizmat qilishini so‘rab, bu xayrli ishga ko‘makchi bo‘lgan barcha ezgu niyatli kishilar haqqiga duolar qilindi. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Xorazm viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Xorazmda “Sulton Sanjar Moziy” masjidi foydalanishga topshirildi (foto+) Xorazmda “Sulton Sanjar Moziy” masjidi foydalanishga topshirildi (foto+) Xorazmda “Sulton Sanjar Moziy” masjidi foydalanishga topshirildi (foto+) Xorazmda “Sulton Sanjar Moziy” masjidi foydalanishga topshirildi (foto+) Xorazmda “Sulton Sanjar Moziy” masjidi foydalanishga topshirildi (foto+) Xorazmda “Sulton Sanjar Moziy” masjidi foydalanishga topshirildi (foto+) Xorazmda “Sulton Sanjar Moziy” masjidi foydalanishga topshirildi (foto+) Xorazmda “Sulton Sanjar Moziy” masjidi foydalanishga topshirildi (foto+) Xorazmda “Sulton Sanjar Moziy” masjidi foydalanishga topshirildi (foto+) Xorazmda “Sulton Sanjar Moziy” masjidi foydalanishga topshirildi (foto+) Xorazmda “Sulton Sanjar Moziy” masjidi foydalanishga topshirildi (foto+) Xorazmda “Sulton Sanjar Moziy” masjidi foydalanishga topshirildi (foto+) Xorazmda “Sulton Sanjar Moziy” masjidi foydalanishga topshirildi (foto+)
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Kim birovni kofir desa...

02.12.2025   3040   1 min.
Kim birovni kofir desa...
INFOGRAFIKA