Shu yil 27 avgust kuni Sirdaryo tumanida "Baxt" jome masjidi imom-xatibi Muxammadjon domla G‘oibov tumandagi "Xazina" MFY va hududdagi 14-maktab hamkorligida "Jaxolatga qarshi ma’rifat" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Muhammadjon domla G‘oibov uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga ilm va kasb-hunar o‘rganishi uchun barcha sharoitlar qilingani, mazkur imkoniyatdan foydalangan holda ilmu ma’rifat hosil qilishi lozimligi, bu borada ota-ona, o‘qituvchi, mahalla fuqarolar yig‘ini va boshqa mutasaddilar ularga ko‘makchi ekani alohida ta’kidlab o‘tildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
27 noyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahor domla Yunusov poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 36-sonli maktab-internatiga tashrif buyurdi.
U yerda ta’lim-tarbiya olayotgan 200 nafar bolaga shirinkliklar, o‘yinchoqlar, kiyim-kechaklar hadya qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati