Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Dekabr, 2025   |   12 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:31
Peshin
12:18
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
03 Dekabr, 2025, 12 Jumadul soni, 1447
Yangiliklar

Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha)

03.09.2025   9404   2 min.
Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha)

#Yangi_o‘quv_yili

 Bugun, 3 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining barcha kurslari va oliy diniy ta’lim muassasalarining 1-kurs talabalari uchun yangi 2025-2026 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
 

Mazkur marosimlarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, hududiy hokimlik mas’ullari, diniy ta’lim muassasalari rahbarlari, bosh imom-xatiblar, shuningdek, o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdi.

 
Tadbirlar Qur’oni karim tilovati, xayrli duolar va davlat madhiyasi bilan boshlandi.


 So‘zga chiqqan mutasaddilar barchani mustaqilligimizning 34 yilligi va yangi o‘quv yili boshlanishi bilan qutladi. Mamlakatimizda Yurtboshimiz tomonidan barcha sohalarda bo‘lgani singari diniy-ma’rifiy sohaga alohida e’tibor qaratilayotgani, xususan, bunga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni va bir guruh ulamolar “Imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlangani yorqin dalil ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, o‘tgan yili magistratura bosqichi ochilib, endilikda doktaranturani tashkil etish rejalashtirilayotgani kabi qator yangiliklar aytib o‘tildi.


Shu bilan birga, diniy ta’lim muassasalari faoliyati yildan-yilga takomillashayotgani, jumladan, o‘quv dasturlari zamon talabiga qarab yangilab borilayotgani, kirish imtihonlari elektron test shaklida o‘tkazilib, eng munosib talabalar saralab olinayotgani, muddaris va talabalarga har jihatdan sharoitlar hozirlanayotgani, ana shunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, talabalar astoydil o‘qib-o‘rganib, yaxshi mutaxassis bo‘lishga harakat qilishi lozimligiga urg‘u qaratildi. 


 Tadbirlar davomida diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.


 Marosimlar yakunida Haq taolodan elu yurtimiz tinchligi va farovonligi, mustaqilligimiz abadiy bo‘lishi hamda yangi o‘quv yili xayrli va manfaatli bo‘lishini so‘rab xayrli duolar qilindi.


 Bayram tadbirlaridan so‘ng o‘quv auditoriyalarida “Mustaqillik darslari” boshlandi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha) Diniy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi (fotolavha)
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Xalqaro islomshunoslik akademiyasida dolzarb mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

02.12.2025   6533   1 min.
Xalqaro islomshunoslik akademiyasida dolzarb mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida "Radikallashuv va yot g‘oyalarga qarshi kurashish hamda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish" o‘n kunligi loyihasi doirasida "Soxta salafiylik: tarixi, g‘oyasi, belgisi, xatarlari" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda bir qator mutasaddi tashkilotlar vakillari qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov ham ishtirok etdi.

"Ziyo" media markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu o‘n kunlik tadbirlaridan maqsad – yoshlarni radikalizm, terrorizm, ekstremizm, soxta da’volar, g‘arazli da’vatlar, axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiqlar, ommaviy madaniyat ta’siridan himoyalash, ularda vatanparvarlik, sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishdir.

Tadbir mavzularini keng va atroflicha yoritib berish uchun ijtimoiy-siyosiy, diniy, madaniy-ma’rifiy sohada o‘z sohasining yetakchi ekspertlari ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Aytish mumkinki, davlatimiz rahbarining: “Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz”, degan so‘zlari o‘n kunlikning shioriga aylangan.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Xalqaro islomshunoslik akademiyasida dolzarb mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi Xalqaro islomshunoslik akademiyasida dolzarb mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi Xalqaro islomshunoslik akademiyasida dolzarb mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi Xalqaro islomshunoslik akademiyasida dolzarb mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi Xalqaro islomshunoslik akademiyasida dolzarb mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari