Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Dekabr, 2025   |   12 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:31
Peshin
12:18
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
03 Dekabr, 2025, 12 Jumadul soni, 1447
Yangiliklar

Buxoroda diniy soha vakillari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi

04.09.2025   7276   1 min.
Buxoroda diniy soha vakillari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi

Shu yil 3 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Buxoro shahrida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.


Viloyat hokimi kubogi uchun musobaqasida imom-xatib va imom-noiblardan tuzilgan jamoalar maydonda o‘zaro bellashdi.


Tadbirdan ko‘zlangan maqsad soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, soha xodimlari o‘rtasida birdamlik va do‘stlikni mustahkamlash va bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish sanaladi.


Bellashuvlarda jamoalarning mahoratli o‘yini, muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi va bayramona ruh ustuvor bo‘ldi.


Qizg‘in bahs va yuksak mahorat namoyishi orqali g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlandi:


1-o‘rin – Romitaniy jamoasi;

2-o‘rin – Ibn Sino jamoasi;

3-o‘rin – Yangi O‘zbekiston jamoasi.


G‘olib va sovrindorlar viloyat hokimligi va Buxoro viloyati vakilligi tomonidan kubok, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Quyida musobaqa jarayoni va taqdirlash marosimidan suratlar bilan tanishing.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Buxoro viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Buxoroda diniy soha vakillari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda diniy soha vakillari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda diniy soha vakillari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda diniy soha vakillari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda diniy soha vakillari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda diniy soha vakillari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda diniy soha vakillari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda diniy soha vakillari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda diniy soha vakillari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda diniy soha vakillari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi Buxoroda diniy soha vakillari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Xalqaro islomshunoslik akademiyasida dolzarb mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

02.12.2025   5784   1 min.
Xalqaro islomshunoslik akademiyasida dolzarb mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida "Radikallashuv va yot g‘oyalarga qarshi kurashish hamda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish" o‘n kunligi loyihasi doirasida "Soxta salafiylik: tarixi, g‘oyasi, belgisi, xatarlari" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda bir qator mutasaddi tashkilotlar vakillari qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov ham ishtirok etdi.

"Ziyo" media markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu o‘n kunlik tadbirlaridan maqsad – yoshlarni radikalizm, terrorizm, ekstremizm, soxta da’volar, g‘arazli da’vatlar, axborot xurujlari, mafkuraviy tazyiqlar, ommaviy madaniyat ta’siridan himoyalash, ularda vatanparvarlik, sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishdir.

Tadbir mavzularini keng va atroflicha yoritib berish uchun ijtimoiy-siyosiy, diniy, madaniy-ma’rifiy sohada o‘z sohasining yetakchi ekspertlari ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Aytish mumkinki, davlatimiz rahbarining: “Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma’rifat o‘rnini jaholat egallashiga yo‘l qo‘ymaymiz”, degan so‘zlari o‘n kunlikning shioriga aylangan.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Xalqaro islomshunoslik akademiyasida dolzarb mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi Xalqaro islomshunoslik akademiyasida dolzarb mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi Xalqaro islomshunoslik akademiyasida dolzarb mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi Xalqaro islomshunoslik akademiyasida dolzarb mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi Xalqaro islomshunoslik akademiyasida dolzarb mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari