Ushbu anglashuv memorandumi ikki tomon o‘rtasida ilmiy salohiyatni kengaytirish va ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik sohalarini rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborni aks ettiradi.
Uchrashuvda quyidagilarga erishildi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti o‘rtasida anglashuv memorandumi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va Hadis ilmi maktabi o‘rtasida anglashuv memorandumi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va O‘zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘rtasida anglashuv memorandumi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va Mir Arab oliy madrasasi o‘rtasida anglashuv memorandumi;
• Xalqaro Islom ilmlari universiteti va Imom Termiziy nomidagi islom instituti o‘rtasida anglashuv memorandumlarini imzolanishi shular jumlasidandir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Imom Termiziy nomidagi islom instituti va ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi
Shu yil 27 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Imom Termiziy nomidagi islom instituti, “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida bo‘ldilar.
Tanishuv asnosida Muftiy hazratlari yangi barpo etilayotgan institut va madrasa binolarining qurilish jarayoni, zamonaviy o‘quv xonalari, ma’ruza zallari, kutubxona, yotoqxona va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishga mo‘ljallangan maskan loyihasi bilan tanishdi.
Qurilish ishlari ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga barpo etilayotgan inshootlarda puxtalik, zamonaviylik va qulaylik tamoyillariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
“Imom Termiziy” ta’lim muassasasi
Matbuot xizmati