Savol: Vafot etganlar tiriklarning, yaqinlarining amallaridan xabardor bo‘lib turadimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Marhumlarning ruhiga, Alloh taolo istasa, uning tirik qarindosh-urug‘larining amallari va holatlaridan xabar beriladi. Bu haqda bir qancha hadisi shariflar kelgan. Ularda agar marhumning qarindosh-urug‘lari yaxshi amallar qilsa, uning ruhi xursand bo‘lishi, yomon amallar qilsa, xafa bo‘lishi bayon qilingan.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollalohu alayhi vasallam: «Albatta sizlarning amallaringiz vafot qilgan qarindosh-urug‘laringizga ko‘rsatiladi. U(amal)lar yaxshi bo‘lsa, xursand bo‘ladilar. Agar unday bo‘lmasa: “Alloh, ularni bizni hidoyat qilganingdek hidoyat qilmaguningcha vafot ettirmagin”, deyishadi», dedilar (Imom Ahmad rivoyati).
Ibn Abu Dunyo rahimahulloh Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Marhumlaringizni yomon amallaringiz bilan sharmanda qilmanglar, chunki bu (amallar) qabrdagi yaqinlariga ko‘rsatiladi”, deganlar.
Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida pokistonlik jurnalist va yozuvchi Muhammad Abbos Xonning "O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti" nomli kitobining o‘zbek tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oliy Majlisi vakillari, Pokiston Islom Respublikasi Prezidentining maslahatchisi va matbuot kotibi Murtazo Solangi, ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, fan, adabiyot va media sohalari namoyandalari ishtirok etdi.
“O‘zbekiston: Uchinchi Renessans – taraqqiyot konsepti” kitobi badiiy-publitsistik asar bo‘lib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Uchinchi Renessans g‘oyasi va amalga oshirilayotgan islohotlar dasturining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan. Unga so‘zboshini Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif yozgani esa davlatlarimiz rahbarlari va xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch va yaqin do‘stlikning yorqin ramzidir.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu asar Uchinchi Renessans va Yangi O‘zbekiston g‘oyalarining ahamiyati xalqaro miqyosda yanada teran anglanishi, O‘zbekiston-Pokiston hamkorligi va do‘stligi yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.