Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:13
Quyosh
07:39
Peshin
12:21
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:17
Bismillah
11 Dekabr, 2025, ,

Vafot etganlar tiriklarning amallaridan xabardor bo‘lib turadimi?

06.10.2025   5217   1 min.
Vafot etganlar tiriklarning amallaridan xabardor bo‘lib turadimi?

Savol: Vafot etganlar tiriklarning, yaqinlarining amallaridan xabardor bo‘lib turadimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Marhumlarning ruhiga, Alloh taolo istasa, uning tirik qarindosh-urug‘larining amallari va holatlaridan xabar beriladi. Bu haqda bir qancha hadisi shariflar kelgan. Ularda agar marhumning qarindosh-urug‘lari yaxshi amallar qilsa, uning ruhi xursand bo‘lishi, yomon amallar qilsa, xafa bo‘lishi bayon qilingan.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollalohu alayhi vasallam: «Albatta sizlarning amallaringiz vafot qilgan qarindosh-urug‘laringizga ko‘rsatiladi. U(amal)lar yaxshi bo‘lsa, xursand bo‘ladilar. Agar unday bo‘lmasa: Alloh, ularni bizni hidoyat qilganingdek hidoyat qilmaguningcha vafot ettirmagin, deyishadi», dedilar (Imom Ahmad rivoyati).

Ibn Abu Dunyo rahimahulloh Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Marhumlaringizni yomon amallaringiz bilan sharmanda qilmanglar, chunki bu (amallar) qabrdagi yaqinlariga ko‘rsatiladi”, deganlar.

Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Boshqa maqolalar

Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti

11.12.2025   2811   1 min.
Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti

Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ustoz va talabalar ishtirokida ikki yangi asarning taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining «Ey, bandalarim» asari hamda Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi Abdulazim domla Saidahmedovning «Nurul yaqin» asari ikkinchi qismi o‘quvchilarga tanishtirildi.

Tadbirda bilim yurti mudiri Jaloliddin Saburov ushbu kitoblar talabalar ma’naviy kamolotida katta xizmat qiluvchi muhim manbalar ekanini ta’kidladi.

Abdulazim domla ham so‘zga chiqib, «Nurul yaqin» asarining yangi qismidagi asosiy mavzular, uni yozish jarayoni o‘quvchi uchun qanday foydalari borligi haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti Islom ta’lim muassasasida kitoblar taqdimoti