Andijon viloyatida bo‘lib o‘tayotgan ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etish uchun borgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari safarini kecha, 7 oktyabr kuni o‘zlari ta’lim olgan Asaka tumanidagi 53-o‘rta umumta’lim maktabiga tashrifdan boshladilar.
Muftiy hazratlari ustoz va murabbiylarni yaqinda o‘tgan kasb bayramlari bilan qutlar ekan, muallim bo‘lishdek sharafli kasb egalariga ehtiromi juda baland ekanini izhor etib, jumladan, bunday dedilar:
“Darhaqiqat, o‘zgalarga ilmu ma’rifat ziyosini tarqatish benihoya ulug‘ va savobli amal. Bu vazifaga mutasaddi bo‘lgan kishining darajasi ham mislsizdir. Shuning uchun ham borliqdagi hamma narsa ustozlarning haqqiga duo qilib turadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qilganlar: “Albatta, Alloh taolo, Uning farishtalari, osmonlaru yer ahli, hatto inidagi chumoli va hattoki baliqlar ham odamlarga yaxshilikni ta’lim beruvchiga salavot aytadilar” (Imom Termiziy rivoyati).
Shuningdek, o‘quvchilarga ilm-ma’rifatning foydalari haqida so‘zlab, dinimizda ta’lim olishga kuchli targ‘ib qilingani, ilm insonni komil darajaga yetkazib, ikki dunyoda ham aziz va izzatli qiladigan katta in’omligi, shunday ekan, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan yaratib berilayotgan bugungi imkoniyatlardan to‘la foydalangan holda zamonaviy ilmlarni ham puxta o‘zlashtirish lozimligini ta’kidladilar.
Ta’lim maskaniga sinfxonalar uchun
Tashrif va hadyalardan maktab ma’muriyati, o‘qituvchi va o‘quvchilar juda mamnun bo‘lib, minnatdorlik bildirishdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida fuqarolarning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda rais o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yurtdoshlarimizning murojaatlari, fikr va mulohazalarini tingladi.
Qabul davomida shar’iy hukmlar, oilaviy masalalar, moddiy yordam so‘rovlari kabi mavzular tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan masjidlarni obodonlashtirish, yoshlar o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish yuzasidan bildirilgan takliflar ham qayd etildi.
Vakolat doirasidagi masalalar bo‘yicha mas’ul xodimlarga topshiriqlar berildi va fuqarolar murojaatlarini hal etish bo‘yicha choralar ko‘rildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati