Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Oktabr, 2025   |   22 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:15
Quyosh
06:34
Peshin
12:14
Asr
16:00
Shom
17:48
Xufton
19:00
Bismillah
14 Oktabr, 2025, 22 Rabi`us soni, 1447
Yangiliklar

Farg‘onada "Viloyat hokimi kubogi” o‘tkazildi

14.10.2025   316   1 min.
Farg‘onada

Farg‘ona viloyatida diniy soha vakillari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Farg‘ona viloyati hokimi kubogi” bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyati vakilligi tizimidagi masjidlarda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy soha vakillari hamda viloyatdagi noislomiy diniy tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy konfessiyalar vakillaridan tashkil topgan 16 ta jamoa ishtirok etdi.

Musobaqaning hal qiluvchi bosqichida Buvayda, Dang‘ara, Bag‘dod tumani va Quvasoy shahri jamoalari g‘oliblik uchun kurashdilar. Finalda Buvayda tumani jamoasi turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Dang‘ara tumaniga ikkinchi, Bag‘dod tumaniga esa uchinchi o‘rin nasib qildi.

Musobaqa g‘oliblari va faol ishtirokchilari Viloyat hokimligining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Farg‘onada Farg‘onada Farg‘onada Farg‘onada
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Yalla, ya hajji” nima degani?

14.10.2025   966   1 min.
“Yalla, ya hajji” nima degani?

Yalla, ya hajji” – Makkadagi Masjidul Haram xodimlari tomonidan ko‘p ishlatiladigan ibora bo‘lib, “ey hoji, yuring” degan ma’noni bildiradi. Bu so‘z ikki qismdan iborat:

  • Yalla (يلا) – “keling”, “yuring”, “harakatlaning” ma’nosida;
  • Ya hajji (حاجّ يا ) – “ey hoji” degani.

Shuning uchun, xodimlar “yalla, ya hajji” desa, “ey hoji, yuring!” yoki “hojilar, harakatlaninglar!” deyayotgan bo‘ladi.

Bu iborani asosan Masjidul Haramdagi xavfsizlik xodimlari odamlar oqimini boshqarish, tig‘izlikning oldini olish va ziyoratchilarning harakat ravonligini ta’minlash uchun qo‘llaydilar. Har kuni millionlab ziyoratchilar yig‘iladigan ushbu muqaddas maskanda harakatni muvofiqlashtirish juda muhim hisoblanadi.

Xavfsizlik xodimlari ba’zan “Yalla, hajji, tariyq!” deb ham murojaat qiladi. Bunisi “hoji, yuring, yo‘l bering!” degan ma’noni anglatadi. “Tariyq” (طريق) so‘zi “yo‘l” yoki “yo‘l bering” ma’nosida qo‘llanadi.

Haj va umra safarlariga borayotgan ziyoratchilar uchun arabchadagi ayrim iboralarni bilib olish juda foydali. Bu nafaqat xavfsizlik xodimlarining ko‘rsatmalariga to‘g‘ri amal qilishga yordam beradi, balki harakat jarayonidagi tartibni ham ta’minlaydi.

“Yalla hajji” – bu oddiy so‘z emas, balki Makkadagi tartib va hamjihatlik ramzidir. U hojilarni bir yo‘nalishda harakatlantirish, ularning xavfsizligini ta’minlash va ibodat muhitini osoyishta saqlash uchun qo‘llaniladigan iboradir.

T.Azimov

Maqolalar