Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Dekabr, 2025   |   12 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:31
Peshin
12:18
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
03 Dekabr, 2025, 12 Jumadul soni, 1447
Yangiliklar

YUNISЕF delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

07.11.2025   5897   2 min.
YUNISЕF delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Shu yil 6 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov YUNISЕFning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi mintaqaviy maslahatchisi Luka Solimeo va tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi. 
 

Dastlab Homidjon domla mehmonlarni tashrif bilan qutlar ekan, Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari safarda ekanligini ma’lum qilib, ularning samimiy salomlarini yetkazdi. Shuningdek, yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan yangilanishlar, diyorimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari tinch-totuv va hamjihatlikda yashab kelayotgani haqida so‘zlab, Diniy idora faoliyat yo‘nalishlari haqida atroflicha ma’lumot berdi. 


O‘z navbatida Luka Solimeo janoblari samimiy qabul va kerakli ma’lumotlar uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u o‘z so‘zi davomida xalqaro tashkilot faoliyatida Diniy idoralar bilan hamkorlik alohida o‘rni borligi, ayniqsa, ijtimoiy munosabatlar va fatvo masalasi ahamiyatli ekani ta’kidladi. 


Luka Solimeo YUNISЕF faoliyati haqida ma’lumot berar ekan, tashkilot xalqaro loyihalarni amalga oshirishda har bir davlatga alohida yondashishi, mahalliy aholi tarixi, kelib chiqishi, qiziqishlariga qaragan holda xalqaro tajribalarni moslashtirishi, bunda o‘rganish bilan amaliy ishlarni baravar olib borishi kabi jihatlar haqida so‘z yuritdi. 


Uchrashuv davomida tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Diniy idora mas’ul vakillari o‘z fikr-mulohazalarini bayon etib, o‘zaro hamkorlik aloqalari 2018 yildagi uch tomonlama memarandum asosida olib borilayotgani, 2021-2025 yillarda ushbu yo‘nalishdagi aloqalar yuqori darajaga ko‘tarilgani, ayni paytda kelgusi 4 yillik rejalari ishlab chiqilayotgani haqida ma’lumot berishdi. 


Mazkur uchrashuv Diniy idora va xalqaro tashkilotlar hamkorligining yangi, samarali bosqichi sari qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

YUNISЕF delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi YUNISЕF delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi YUNISЕF delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi YUNISЕF delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi YUNISЕF delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi YUNISЕF delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi YUNISЕF delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Janubiy Koreya safari: Xorijdagi vatandoshlarga ma’rifiy suhbatlar qilinmoqda

03.12.2025   726   1 min.
Janubiy Koreya safari: Xorijdagi vatandoshlarga ma’rifiy suhbatlar qilinmoqda

Xorijiy davlatlarga ishlash, malaka oshirish yoki o‘qish maqsadida bo‘lib turgan vatandoshlar holidan xabar olish, diniy-milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash va ona Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish kabi xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni kunlarda bir guruh tajribali ulamo va imom domlalar Janubiy Koreyada xizmat safarini davom ettirmoqda. Jumladan, Fatvo markazi bosh mutaxassisi Saidjamol Masayitov, Toshkent shahridagi “Oq uy” masjidi imom-xatibi Isroiljon domla Ismoiljonov, "Abu Saxiy” masjidi imom-xatibi Ziyovuddin domla Mirsodiqov, Namangan shahridagi “Said Azim Xo‘ja” masjidi imom-xatibi Muhammadbobur domla Nasriddinov va Buxoro viloyati Romitan tumani bosh imom-xatibi Otabek domla Rahimov vatandoshlar bilan muloqotlar qilmoqda. Ushbu safarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita boshqarma boshlig‘i Behzod Soipov hamrohlik qilmoqda. 

Imom-xatiblar Janubiy Koreyadagi bir necha masjidlarda yuzlab hamyurtlarimizga halol rizq topishning fazilatlari, yot g‘oyalardan saqlanish, yurtga sadoqat, ota-onaga hurmat, farzand tarbiyasi, omonatga rioya qilish kabi mavzularda ma’rifiy suhbatlar o‘tkazishmoqda. 

Vatandoshlarimiz bunday e’tibor va manfaatli ma’ruzalardan mamnun bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Janubiy Koreya safari: Xorijdagi vatandoshlarga ma’rifiy suhbatlar qilinmoqda Janubiy Koreya safari: Xorijdagi vatandoshlarga ma’rifiy suhbatlar qilinmoqda Janubiy Koreya safari: Xorijdagi vatandoshlarga ma’rifiy suhbatlar qilinmoqda Janubiy Koreya safari: Xorijdagi vatandoshlarga ma’rifiy suhbatlar qilinmoqda Janubiy Koreya safari: Xorijdagi vatandoshlarga ma’rifiy suhbatlar qilinmoqda Janubiy Koreya safari: Xorijdagi vatandoshlarga ma’rifiy suhbatlar qilinmoqda
O'zbekiston yangiliklari