Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Mart, 2026   |   19 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:29
Quyosh
06:47
Peshin
12:39
Asr
16:36
Shom
18:25
Xufton
19:37
Bismillah
08 Mart, 2026, 19 Ramazon, 1447
Yangiliklar

Sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi

19.01.2026   7119   1 min.
Sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi

Bugun, 19 yanvar kuni Qohirada Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi tashabbusi bilan tashkil etilgan sun’iy intellekt davrida kasblar va sohalar istiqboliga oid xalqaro konferensiya boshlandi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda. 

Qur’oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlangan anjuman ochilish marosimida Misr Vaqf vaziri, professor Usoma Sayyid Azhariy, Misr bosh imomi o‘rinbosari, Azhari sharif vakili, doktor Muhammad Abdurrahmon ad-Duvayniy, mamlakat muftiysi Nazir Muhammad Ayyod, taniqli ulamo Shavqiy Allom, Rossiya markaziy diniy idorasi raisi, muftiy Tal’at Tojiddin, Bahrayn islom ishlari bo‘yicha oliy kengash raisi Shayx Abdurahmon bin Muhammad bin Roshid al-Xalifa, Iordaniya Vaqf, islom ishlari va muqaddas qadamjolar vaziri Muhammad Ahmad Muslim al-Xaloyala kabi davlat va din arboblari, musulmon olamining nufuzli shaxslari  hamda 50 ga yaqin davlatdan ilmiy tadqiqot va diniy muassasalarning olim va mutaxassislari qatnashmoqda. 

Xalqaro anjumanda ishtirokchilar sun’iy intellekt davrida ilm-fan, sohalar va kasb-hunarning taraqqiyot rivojidagi o‘rni va istiqboli to‘g‘risida ma’ruza qilishadi. Shuningdek, Islom olamida ayni yo‘nalishdagi amaliy yutuqlar sarhisob qilinib, zamonaviy fiqhiy masalalarga birgalikda yechim berish kabi ilmiy masalalar muhokama etiladi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi Sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi Sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi Sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi Sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi Sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi Sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi Sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi Sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ilmga intilmagan inson - o‘lik

06.03.2026   19986   1 min.
Ilmga intilmagan inson - o‘lik

Muhammad Rotib Nobulsiy hafizahulloh aytadilar: “Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan. Allohga hamdlar bo‘lsin. Sayyidimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga va u zotning oila a’zolariga hamda sahobalariga salavotu salomlar bo‘lsin. Ulardan ham, bizdan ham rozi bo‘l, yo olamlar Robbi.

Shak-shubhasiz, koinot, jamodot, nabotot va hayvonot bir-biridan farq qiladi. Ularning ayrimlari jonsiz, qolganlari jonli. Ba’zilari vaznga ega, hajmi bor va h.k.

Ammo insoniyat boshqa jonzotlar farqli o‘laroq fikr yuritadi, tafakkur qiladi. Agar inson ilm izlamasa, Robbi uni qo‘ygan darajadan pastga tushadi, bu esa uning mavqeiga mos kelmaydi. Natijada, u o‘lik sanaladi.

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Aslida, ularning hayvonlardan farqi yo‘q. Balki yana ham yo‘ldan ozganroqdirlar(Furqon surasi, 44-oyat).

“Ular xuddi suyab qo‘yilgan xodaga o‘xsharlar” (Munofiqun surasi, 4-oyat).

“Ustlariga Tavrot yuklatilgan, so‘ngra uni ko‘tarmaganlar misoli ustiga kitob yuklangan eshakka o‘xsharlar” (Juma surasi, 5-oyat).

Inson mavjudligining sirini, hayotdan maqsadni va haqiqatni izlashi, o‘lim nima, o‘limdan keyin nima bo‘lishi haqida fikr yuritishi lozim.

Har bir aqlli odam ham dono emas. O‘tkinchi dunyo hayotining mayda-chuydalariga berilib ketmagan, o‘zini Allohning bandasi ekanini unutmagan, kengligi osmonlaru yercha bo‘lgan Jannat uchun harakat qilgan inson – dono sanaladi. Bunga faqat ilm izlash orqali erishish mumkin.

Demak, agar kim dunyoni istasa, ilm izlasin. Oxiratni istasa, ilm izlasin. Agar har ikkisini ham xohlasa, ilm izlasin. Alloh buyukdir”.


Davron NURMUHAMMAD