Ramazon shukuhi chegara bilmaydi! Mamlakatimiz rahbariyati tashabbusi bilan o‘zbekistonlik bir guruh taniqli ulamolar va imom-xatiblar xorijdagi vatandoshlarimiz holidan xabar olish uchun yo‘lga chiqishdi.
Ushbu ma’naviy safardan ko‘zlangan asosiy maqsad — musofir yurtdagi yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning Ramazon oyini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishiga ko‘maklashish va diniy savodxonligini oshirishdir.
Ayni kunlarda chetdagi vatandoshlarimiz uchun quyidagi ulamolar xizmat safariga yuborildi:
AQSH
– Muhammadloiq Aminov – Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, “Shayx Zayniddin” masjidi imom-noibi;
– Valixon Azimboev – Toshkent islom instituti o‘qituvchisi.
Rossiya Federatsiyasi
– Yunusxon Mamarasulov, Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahridagi “Said Jalolxon To‘ra” masjidi imom-xatibi Sibir Federal Okrugiga;
– Ilyosxon Sobitov, Namangan viloyati, Uychi tumani, “Obid qori” masjidi imom-xatibi Sankt-Peterburg viloyatiga.
Janubiy Koreya
– Marufjon Nishonov, Toshkent viloyatidagi “Abdulloh ibn Abbos” masjidi imom-xatibi;
– Muzaffar Ibragimov, Namangan viloyatidagi “Mulla Abduqodir oxund” masjidi imom-xatibi;
– Fathullo Abdullayev, Surxondaryo viloyatidagi “Hakim Termiziy” masjidi imom-noibi;
– Farhat Mansurov, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Imom eshon Muhammad” masjidi imom-noibi;
– Botirjon Tojiboyev, Andijon viloyatidagi “Eski Gumbaz” masjidi imom-xatibi;
– Ilyos Shokirov, Toshkent viloyatidagi “Eshonguzar” masjidi imom-xatibi;
– Asilbek Tursunov, Toshkent shahridagi “Salom” masjidi muazzini;
– Behzod Mahmudov, Farg‘ona viloyatidagi “Xuvaydo” masjidi imom-noibi;
– Akmal Saidolimovich Nizomov, Qashqadaryo viloyatidagi “Hazrati Imom” masjidi imom-xatibi;
– Najmiddin Normatov, Toshkent shahridagi “Abduqodir hoji ota” masjidi imom-noibi.
Mazkur jarayon davom etmoqda.
Abdullo PARPIYEV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Masjidlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi
mutaxassisi
Bugun yurtimizdagi masjid, madrasa va ziyoratgohlar obod etilmoqda, ajdodlar merosi tadqiq etilmoqda, Qur’on kurslarida minglab hamyurtlarimiz saboq olmoqda, haj va umra amallarini ado etish imkoniyati kengaymoqda.
Poytaxtimizda bunyod etilgan muhtasham Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqand viloyatida qad rostlagan mahobatli Imom Buxoriy majmuasining ochilish marosimlari nafaqat xalqimiz uchun, balki butun musulmon ummati uchun eng munosib Ramazon tuhfasi bo‘ladi, insha Alloh.
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining Ramazon oyi tabrigi va murojaatidan