Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Fevral, 2026   |   10 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:43
Quyosh
07:01
Peshin
12:41
Asr
16:27
Shom
18:15
Xufton
19:27
Bismillah
27 Fevral, 2026, 10 Ramazon, 1447

Ramazon oldi qabulida ham qator masalalar yechim topdi

18.02.2026   15246   1 min.
Ramazon oldi qabulida ham qator masalalar yechim topdi

Bugun, chorshanba kuni Diniy idorada fuqarolarning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov tomonidan qabul qilingan fuqarolarning murojaat, arz va takliflariga quloq tutdi. 

Qabul chog‘ida ular tomonidan Ramazon oyiga hozirlik, Haj, Qur’on kurslari, imom-xatiblar faoliyati, masjidlar, moddiy yordam singari masalalar bayon etildi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish va tez orada hal qilish uchun Diniy idora mas’ullariga tegishli vazifalar yuklanib, shu kunning o‘zida ijrosiga kirishildi. 

Bu kabi qabullar O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilishi an’anaga aylangan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Ramazon oldi qabulida ham qator masalalar yechim topdi Ramazon oldi qabulida ham qator masalalar yechim topdi Ramazon oldi qabulida ham qator masalalar yechim topdi Ramazon oldi qabulida ham qator masalalar yechim topdi Ramazon oldi qabulida ham qator masalalar yechim topdi Ramazon oldi qabulida ham qator masalalar yechim topdi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Kutubxona xodimlari malaka oshirdilar

26.02.2026   1352   1 min.
Kutubxona xodimlari malaka oshirdilar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kutubxonasi hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi Respublika axborot-kutubxona markazi hamkorligida mutaxassislar uchun “Elektron kutubxona ma’lumotlar bazasini shakllantirish va foydalanish asoslari” mavzusida onlayn o‘quv kurslari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlar davomida elektron kataloglar bilan ishlash, kutubxona fondlarini raqamlashtirish, noyob va qimmatli manabalarni  saqlash, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda milliy va xorijiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalar berildi.

Shuningdek, sohada qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar hamda qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar bo‘yicha ishtirokchilar batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

O‘quv kurslari yakunida Respublika axborot-kutubxona markazi direktori Asqar Gaziyev tomonidan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Mazkur tadbir axborot-resurs markazlari faoliyati samaradorligini oshirish va zamonaviy elektron kutubxona xizmatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

O‘MI Kutubxona bo‘limi

Kutubxona xodimlari malaka oshirdilar Kutubxona xodimlari malaka oshirdilar
O'zbekiston yangiliklari