Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Oktabr, 2025   |   5 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:29
Quyosh
06:48
Peshin
12:12
Asr
15:43
Shom
17:29
Xufton
18:42
Bismillah
27 Oktabr, 2025, 5 Jumadul avval, 1447

21.10.2022   1381   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Yomg‘ir so‘rash va xavfli kasalliklarga qarshi himoya

27.10.2025   1148   8 min.
Yomg‘ir so‘rash va xavfli kasalliklarga qarshi himoya

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Hikmati buyuk Alloh subxanahu va taolo bandalarini doimo xavfu rajo (qo‘rqinch va umid) bilan tarbiyalab keladi. U yaratgan har-bir ko‘rinishda Alloh subxanahu va taoloning xavfu rajosini eslatib turadigan narsa bor.

Azob va halokat xataridan holi bo‘lgan rahmat ko‘rinishlarini topa olmaysiz. Rajo va rahmatdan holi bo‘lgan halokat ko‘rinishlarini ham uchratmaysiz. Bularning bari insonlar Alloh taologa yaratgan narsalarni ko‘rgan vaqtda ularni rajoga bog‘lash va Uning havfiga jalb qilish uchundir.

Alloh taolo suvni hayotning sababchisi qildi.

Buyuk qudrat egasi aytadi:

«Suvdan har bir tirik narsani (paydo) qilganimizni bilmaydilarmi»? (Anbiyo surasi, 30-oyat).

Suvni hayot uchun, nabotot va rizq uchun sabab qildi. Lekin shu bilan birga Alloh subxanahu va taolo suvni O‘zi xohlagan paytda halokat va vayron bo‘lishga ham sabab qilgan.

Alloh subxanahu va taolo insonning atrofida esib turuvchi shamollar yaratdi. Bu shamollarni inson hayoti davomiyligining sirlaridan qildi. Lekin Alloh azza va jalla bu shamollarni hayot va tiklanish uchun sabab qilgan bo‘lsa ba’zida O‘zi istagan vaqtda falokat va vayron bo‘lish uchun ham sabab qilgan.

Alloh subxanahu va taolo yerning har tomoniga nurini sochayotgan quyoshni siz bilganingizdek hayotning sir-asrorlaridan biri qilgan. Lekin buyuk va qudratli Alloh inson oldiga quyosh haroratini ikki qurol qilib qo‘ygan. Ba’zida yaxshilik va manfaat quroli, ba’zida esa halokat va vayron etish quroli qilgan.


Bularning hikmati nima, ey do‘stlarim?

Hikmat shuki, inson moddiy narsalarni aynan o‘ziga bog‘lanib qolmasin. Inson suvning moddasiga bog‘lanib hayotning siri aynan suvning o‘zida deb o‘ylamasligi lozim.

Inson yer va osmon orasida aylanib yurgan shamollarga bog‘lanib, bu shamollar hayot uchun yoki doimo vayron qilish uchun sabab deb o‘ylamasligi kerak.

Inson o‘z nafsini yerga va uning harakati va o‘rnashib turishiga bog‘lab, albatta yer uning ustidagi inson hayoti uchun va qo‘nim topib yashashi uchun sabab deb o‘ylamasligi lozim. Balki biz aytib o‘tgan olamdagi hamma narsalar Alloh subxanahu va taoloning qo‘l ostidagi xizmatchilari ekanini tushunib yetishi kerak.

Sharroz quyilib yog‘ayotgan yomg‘ir, esayotgan shamol, aylanayotgan yer va nurini sochayotgan quyosh bularning har-biri, yolg‘iz o‘zi biror narsa berolmaydi ham ololmaydi ham. Shuningdek foyda yoki ziyon ham yetkaza olmaydi. Lekin ular Alloh taoloning qo‘l ostidagi xizmatchi va askarlaridir.

Insonning xizmatchilar harakatiga etibor berib, xizmatchilarga topshiriq berayotgan va ularni qaytarayotgan Zotga beparvoligi nodonlikdir.

“Robbingning askarlarini O‘zidan boshqa hech kim bilmaydir. Va u (do‘zax) bashariyat uchun eslatmadan o‘zga hech narsa emasdir” (Muddassir surasi, 31-oyat).

Nodon inson - ulovda ketayotgan kishi e’tiborini oldiga qaratgani kabi – e’tiborini moddiy narsaning o‘ziga qaratadi, u tiklanish va hayot sirini yoki halokat va vayron qilish sababini aynan shu narsani o‘zida, deb biladi.


Kim shunday hayolga boradi?

Ish unday emas, agar Alloh xohlasa sening hayoting uchun sabab bo‘lgan narsani, bir soniyani o‘zida halokating siriga aylantirib qo‘yadi.

Shuning uchun sen olamni idora qilib turgan va sening tiklanishingga sabab bo‘lgan narsani halokatingga sabab qilib qo‘yuvchi zotga nisbatan bunday munosabatda bo‘lmagin.

Sen doim Allohga bog‘lan.


Alloh taolo Kalomida aytadi:

“Bas, faqat Allohgagina qoching. Albatta, men sizlarga Undan (kelgan) ochiq-oydin ogohlantiruvchiman” (Zariyat surasi, 50-oyat).


Alloh taoloning Nuh alayhissalom qavmini halok qilish yo‘li qanday bo‘lganligi haqida aytgan so‘ziga e’tibor beringlar, unda Alloh nima dedi:

“Albatta, Biz suv tug‘yonga kelgan paytda sizlarni kemada ko‘targanmiz” (Al-Haqqo surasi, 11-oyat).


Suv hayot siri, Alloh Kalomida aytgan:

“Suvdan har bir tirik narsani (paydo) qilganimizni bilmaydilarmi”? (Anbiyo surasi, 30-oyat).

Alloh taolo o‘z topshirig‘ini suvga yo‘naltirganida suv tug‘yonga kelib haddidan oshdi. Hayot uchun belgilangan chegaradan chiqdi va hayot sababi bo‘lgan narsa, halokat sababiga aylandi.

Suv tug‘yonga kelgan paytda vayron qilish sababiga aylanadi. Suv hasis va qizg‘anchiq bo‘lganida (ya’ni yomg‘ir yog‘maganida) ham vayron qilish sababiga aylanadi.

Buyruq bo‘lgan payitda hayot va rahmat sabablariga aylanadi. Mezonni bu tarzda tutib turgan kim? Osmondan yerga tushayotgan suvni mo‘tadil ravishda oqizgan, hatto uni tug‘yonga keltirib yoki hasis va qizg‘anchiq qilib halokat sababiga aylantirmagan kim?

Bu o‘lchov kimning qo‘lida ekaniga e’tibor beringlar va Unga qochib, O‘ziga iltijo qilinglar.


Kechaginda ko‘rfazning qaysidir tomonida suv tug‘yonga kelib, u yerni suv nima qildi? Halok qilganini halok qildi, nima bo‘lsa vayron qildi.

Ammo bu yerda esa suv yo‘q, Alloh uni hasis va qizg‘anchiq bo‘lishini xohladi.

Ha, Alloh azza va jalla bizni sinab imtihon qilayotgani sababli, biz halokat arafasida turibmiz.

Suvning hasisligi oqibatidan kelib chiqadigan halokat birgina emas, uning har-xil turlari bor. Bu turlar haqida gapiradigan bo‘lsak vaqt cho‘zilib ketadi..

Yuqumli kasalliklar ana o‘shaning sabablaridan biridir.

Demak, suv xizmatchi askar bo‘lib, Alloh subxanahu va taolo suvning tug‘yonini O‘zi xohlagan kishini halok etish uchun qurol qilgan. Shuningdek suvning xasis va qizg‘anchiqligini ham O‘zi xohlagan paytda halokat quroli qilgan.

Men buni aytish bilan Alloh taologa bo‘lgan qalbimizdagi iymonni yoki iymonimizning oz bo‘lsada qolgan qoldig‘ini izlayman. Men ichimizda qoldiq iymondan foydalanayotgan kishilar bor deb o‘ylamayman.

Bu shahar, to‘liq va mukammal iymondan foydalanadigan kishilarni yoki qolgan ozgina iymondan foydalanadigan kishilarni o‘z bag‘riga olganida hech shubha yo‘q.

Men hozirda biz o‘tib borayotgan bunday bosqichda zaif iymonni uyg‘onib kuchayishini tasavvur qila olmayman.

Mana u! Misol uchun siz kuzatayotganingizdek shahrimizda g‘arbdan sharqga, sharqdan g‘arbga suzib yurgan bulutlar asta-sekin zichlashib juda quyuqlashadi. Hatto bularni poylab turgan mutaxassislar ko‘pincha;

"Bir necha soatdan so‘ng u yoq bu yoqdan kelayotgan bulutlardan yomg‘ir yog‘adi", deb aytadilar.

Lekin bulutlar o‘tib ketadi.

Yomg‘irlar sababi amalga oshdi, ammo yomg‘ir to‘sildi.

Boshimizdan o‘tkazayotgan birgina ana shu holatga e’tibor beringlar.

Ko‘ring kimga iltijo qilamiz.

Moddaga ibodat qilayotganlardan so‘rang, bizga yomg‘ir berishi uchun osmondan yomg‘ir yog‘ishini so‘rashimizning yo‘li qanday?

Ichimizdagi xavfli kasalliklarga qarshi saqlanishimiz uchun iltijo qilishimizning yo‘li qanday?

Va yana bizlarga ogohlantirilgan o‘sha xavfli kasalliklardan o‘zimizni himoya qilish uchun kimga yolvorishimiz kerak?

Buning yo‘li qanday, so‘ranglar ulardan?

Javob yo‘q. Moddaning javobi modda bo‘ladi.

Davomi bor....

Muhammad Sa’id Ramazon al-Butiyning juma xutbasidan.
1 dekabr 1995 yil. 
Abdulloh G‘ulomov tarjimasi.